O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari


 Davlat sektorida byudjet hisobi standartlarini unifikatsiyalash



Yüklə 296,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.10.2023
ölçüsü296,02 Kb.
#132462
1   2   3   4   5   6
o-zbekistonda-davlat-moliya-tizimidagi-islohotlar-va-rivojlantirish-istiqbollari

 
1. Davlat sektorida byudjet hisobi standartlarini unifikatsiyalash;
 
2. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish;
 
3. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish;
 
4. Byudjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash.
 
Oltinchi maqsad bo‘yicha,
 
davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni 
amalga oshirish va ularning natijalarini mustahkamlash uchun davlat organlarida 
institutsional salohiyatni oshirish-strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi. 
O‘rta muddatli byudjetni rejalashtirishga to‘liq muvaffaqiyatli o‘tish uchun 
mas’ul bo‘lgan moliya organlarining makro-fiskal faoliyati cheklangan va jahon 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1643


amaliyotiga mos kelmaydi. Jumladan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 
makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlash uchun mas’ul ekanligi buning isbotidir. 
Moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlarini prognozlash va tahlil qilish 
funktsiyasini bajaradi, ammo o‘rta muddatda davlat moliyasi va fiskal 
tavakkalchiliklarning barqarorligini baholash funktsiyasi mavjud emas.
Shundan kelib chiqib taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:[7]
 
1. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash;
 
2. Makro - fiskal tahlil funktsiyalarini mustahkamlash;
 
3. Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish;
 
4. Davlat xaridlari tizimini mustahkamlash;
 
Xulosa 
Tadqiqotimiz oldiga qo‘yilgan maqsad va unga samarali yo‘llar bilan erishish 
uchun rejalashtirilgan vazifalarni maxsus adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar
shuningdek xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va tadqiq etish jarayonida qator 
ilmiy asoslangan xulosalarni chiqarishga muvafaq bo‘lindi. Shulardan asosiylari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi. Xususan: 
1.
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda 
ularning mas’uliyatini kuchaytirish. 
2.
Byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga 
mosligini ta’minlash. 
3.
Soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta 
muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning 
yangi “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimini joriy etish. 
4.
Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar 
hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish. 
5.
Byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini 
takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda byudjet jarayoni 
ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish; 
6.
Institutsional va qonunchilik bazasini mustahkamlash.

Yüklə 296,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə