Ziyonet Iqtisodiy islohotlarni shakllantitirshda soliq siyosatining ustivor yo



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/15
tarix22.03.2024
ölçüsü0,71 Mb.
#183573
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
iqtisodiy islohotlarni shakllantirishda soliq siyosatining ustuvor




`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI




ZARIPOV XURSHID ZAKIR o’g’li

5111000-KASB TA’LIMI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT”


ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI
IQTISODIY ISLOHOTLARNI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHLARI.

Ilmiy rahbar: Bobojonov U.


Urganch - 2019 yil


1
Iqtisodiy islohotlarni shakllantitirshda soliq siyosatining ustuvor yo’nalishlari.
KIRISH.



  1. боб. Bozor munosabatlari sharoitida soliq siyosatini tashkil etishning nazariy uslubiy asoslari.




    1. Soliq siyosati va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni.




    1. Soliq siyosatini tashkil etish va boshqarishning huquqiy asoslari va tamoyillari.




    1. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda soliq siyosatini takomillashtirish tajribalari.




  1. боб. Iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari va uni takomillashtirish yo’llari.




    1. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining davlat budjetini barqarorlashtirishdagi roli.




    1. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini samarali boshqarishning asosiy yo’llari.




    1. O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini tashkil etishning asosiy yo’nalishlari va istiqbollari.



Xulosa va takliflar


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



KIRISH




Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida huquqiy demokratik davlatni qurish belgilab olingan ekan, fuqarolik jamiyati bu bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy budjetga, jamoat tuzimlariga va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosichma-bosqich topshirishni ko’zda tutadi. Bu esa o’z anvbatida mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslarini asosiy manbai bo’lgan mahalliy soliqlar va yig’imlar ahamiyatini oshib borishini bildiradi.
Soliq siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi.1
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.
Bu borada faqat byudjet profitsiti haqida so‘z borishi mumkin va zarur. Bu muhokama qilishni emas, balki so‘zsiz bajarishni talab etadigan strategik vazifadir.
Davlatimiz xazinasini moliyaviy resurslar bilan to’ldiruvchi asosiy manba soliq bo’lgani sababli, u jamiyatimiz oldida turgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy va boshqa ko’pgina vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan miqdordagi pul mablag’i bilan ta’minlanishi lozim. Soliqlar davlat budjetini to’ldiruvchi asosiy elementlardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun soliqlarga davlat budjetining daromad qismini shakllantiruvchi, eng muhim bo’lgan umumdavlat vazifalarini hal etish uchun zarur miqdordagi mablag’ni jamlantiruvchi dastak sifatida qarash lozimdir.





1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” mavzusidagi ma’ruzasi. T.: o’zbekiston 2016.
Davlatning ijtimoiy - iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida to’liq va ijobiy hal etish ma’lum moliyaviy asosni talab etadiki, aynan ushbu asosning markaziy bo’g’inini davlat budjeti daromadlari tashkil etadi. Davlat moliyasini sog’lomlashtirish davlat budjeti daromadlarining barqarorligini, ularni shakllantirish manbalari mukammal nisbatini va butligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan institutsional isloxotlarni xozirgi bosqichida yanada muhim axamiyat kasb etmoqda. Bir vaqtning o’zida mamlakatimiz budjetining so’ngi yillaridagi ijobiy qoldig’i, ya’ni budjetning profitsit bilan yakunlanishiga qaramasdan, budjetni belgilangan miqdordagi daromadlar bilan ta’minlash masalasining juda katta qiyinchiliklar bilan hal etilayotganligini, davlatning ixtiyorida bo’lishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslarning yetarli darajada emasligi uning o’z oldiga qo’ygan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarini shakllantirish tizimida qator muammolarning mavjudligini ham ta’kidlab o’tish joiz. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • Davlat budjeti soliqli daromadlarining tarkibida egri soliqlardan tushumlarning nisbatan katta salmoqqa ega ekanligi;

  • Davlat budjeti daromadlarini aniq tasniflash mezonlari asosida shakllantirish amaliyotining mavjud emasligi va hokazolar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat budjeti soliqli daromadlarini shakllantirish muommolari hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə