Ziyonet Iqtisodiy islohotlarni shakllantitirshda soliq siyosatining ustivor yo


II боб. Iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda O’zbekiston



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə7/15
tarix22.03.2024
ölçüsü0,71 Mb.
#183573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
iqtisodiy islohotlarni shakllantirishda soliq siyosatining ustuvor

II боб. Iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari va uni
takomillashtirish yo’llari.



    1. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining davlat budjetini

barqarorlashtirishdagi roli.

Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.


Eng avvalo, Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:

  • soliqli daromadlar;

  • soliqsiz daromadlar;

  • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.

Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri budjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi budjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham budjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti:

      1. To’g’ri (bevosita) soliqlar.

      2. Egri (bilvosita) soliqlar.

      3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i.

      4. Ustama foydadan olinadigan soliq.

      5. Boshqa daromadlar.

Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan Davlat budjeti daromadlari tizimining samaradorligi mablag’larning budjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq. Bu
narsa o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • budjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar;

    • ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish;

    • mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi;

    • daromadlarni (to’lovlarni) budjetga o’tkazish tartibi;

    • budjetga daromadlarni to’lovchilarni hisobga olish;

    • budjetga daromadlarni to’lovchilarning javobgarligi;

    • budjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini

    • ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi;

    • budjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari;

Bizning fikrimizcha, soliqlar - yuridik va jismoniy shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undiriladigan, mohiyati jihatidan soliq to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi majburiy harakterga ega bo‘lgan pul munosabatlarini bildiruvchi, davlat yoki mahalliy (munitsipal) tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to‘lovdir.
Soliqlar mohiyatini yanada chuqurroq o‘rganish uchun ularni bevosita (to‘g’ri) va bilvosita (egri) soliqlarga bo’lib o‘rganish zarur. Chunki soliqlar davlat budjeti daromadini shakllantirishdagi iqtisodiy mohiyatiga qarab aniq soliqqa tortiladigan ob’ektlardan olinadigan va soliq to‘lovchilarning faoliyati natijasida hosil qilingan qo‘shimcha qiymat ya’ni foydadan undiriladigan xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi (to‘g’ri) soliqlarga va mahsulotlar, ishlar va xizmatlar qiymatidan oborot stavkasi sifatida iste’molchi hisobidan undiriladigan bilvosita (egri) soliqlar turkumiga bo‘lingan.
2012 yilda davlat budjetiga bevosita soliqlarning tushumi davlat budjetining jami daromadlarining 25.5 %, 2013 yilda 24.2 %, 2014 yilda 23.4 %, 2015 yilda
24.1%, 2016 yilda 24 % ni va 2017 yilda 23.2 % tashkil qildi. (2.1.1-diagrammaga qarang) Joriy yilda davlat budjetiga bevosita soliqlarning tushumi davlat budjeti jami daromadlarining 20.6 % ni tashkil qilgan.
Budjet daromadlari tarkibida bevosita soliqlarning ulushining kamayishi yuridik va jismoniy shaxslarni daromad solig‘iga tortish stavkasini pasaytirilishi hisobiga ro‘y berdi. Bilvosita soliqlar bo’yicha tushumlarni davlat budjeti jami daromadlari tarkibidagi ulushi 2012 yili 49 %, 2013 yili 51 %, 2014 yili 53.1 %, 2015 yili 52.6 %,
2016 yili 51.5 %, 2017 yili 52.6 % ni tashkil etdi va 2018 yilda bu ko’rsatkich 53.7 % ni tashkil qilgan.
Shu o‘rinda quyida keltirilgan diagrammada mamlakatimiz davlat budjetida bilvosita va bevosita soliqlarning tutgan o‘rniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak ularning 2012 yili bevosita soliqlar 5387.5 mlrd. so’mni, bilvosita soliqlar esa 10370.6 mlrd. so’mni, 2013 yilda esa bu ko’rsatkich bevosita soliqlar 6353.7 mlrd. so’mni, bilvosita soliqlar esa 13398.6 mlrd. so’mni, 2014 yilda esa bu ko’rsatkich bevosita soliqlar 7433 mlrd. so’mni, bilvosita soliqlar esa 16852.3 mlrd. so’mni, 2015 yilda esa bu ko’rsatkich bevosita soliqlar 8798.5 mlrd. so’mni, bilvosita soliqlar esa 19193.8 mlrd. so’mni, 2016 yilda esa bu ko’rsatkich bevosita soliqlar 9852.8 mlrd. so’mni, bilvosita soliqlar esa 21130.7 mlrd. so’mni 2017 yilda esa bu ko’rsatkich bevosita soliqlar 11538.9 mlrd. so’mni, bilvosita soliqlar esa 26133.6 mlrd. so’mni tashkil etib va 2018 yilda esa bu ko’rsatkich bevosita soliqlar 12805,4 mlrd.so’mni, bilvosita soliqlar esa 33404,3 mlrd.so’mni tashkil qilganini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqoridagi diagrammada biz yana resurs to’lovlari va mulk solig’ining davlat budjetiga tushumini tahlil qiladigan bo’lsak, 2012 yilda davlat budjetiga resurs to’lovlar va mulk solig’ining tushumi davlat budjetining jami daromadlarining 15.6 %, 2013 yili 14.8 %, 2014 yili 13.6%, 2015 yili 13.2 %, 2016 yili 13 %, 2017 yili 13.8 %
ni tashkil qildi va 2018 yilda bu ko’rsatkich 15,6% ni tashkil qilgan. Soliqlarning davlat budjetida boshqa daromadlarning foiz ko’rsatkichi ham yuqori darajada. Buning natijasini biz tahlil qilib ko’radigan bo’lsak 2012-yilda davlat budjetiga boshqa daromadlarning tushumi davlat budjetining jami daromadlarining 97 %, 2013 yili 9.8
%, 2014 yili 7.8 %, 2015 yili 10.1 %, 2016 yili 11.6 %, 2017 yili 10.4 % ni tashkil qilib va 2018 yilda bu foiz ko’rsatkich 10.1 % ni tashkil qilganligini ko’rish mumkin.
Bevosita soliqlar, o‘z navbatida real va shaxsiy bevosita soliqlarga bo‘linishi mumkin. Bevosita real soliqlar deganda shunday soliqlar tushuniladiki, ular mol- mulk
yoki daromadlarning turli xillariga solinadi hamda ob’ektning haqiqatda keltiradigan daromadini hisobga olmasdan, uni taxminiy baholash asosida undiriladi. Hozirgi vaqtda real soliqlarning roli katta emas. Bevosita soliqlarga, masalan, yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig’i, jismoniy shaxslarning daromad solig’i, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromad solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa soliqlar kiradi.
Bevosita real soliqlar o‘rnini borgan sari bevosita shahsiy soliqlar egallab bormoqda, ular ham jismoniy ham yuridik shaxslarning hisobga olingan daromadlariga solinadi. Bevosita shaxsiy soliqlar deklaratsiya asosida undiriladi. Asosan ular uchun progressiv stavkalar xosdir. Bevosita shaxsiy soliqlarga daromad solig’i, korxona va tashkilotlarni foyda solig’i va boshqa soliqlar kiradi.
Bilvosita soliqlar - narx yoki tarifga ustama ko‘rinishida belgilanadigan, tovar va xizmatlar qiymatidan olinadigan soliqdir. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to‘lanadigan yoki tarifga kiritilgan, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo’lib Tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko’zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, so‘ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli budjetga o‘tkazadilar.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni jadal sur'atda rivojlantirish maqsadida YalM tarkibida davlat budjeti daromadlari ulushini kamaytirish choralari ko'rilmoqda, ya'ni YalM da xususiy sektorning ulushini amalga oshrishga harakat qilinmoqda.
Davlat budjeti daromadlari YaIMga nisbatan 2001 yili 26 %d an 2002 yili 25.2
% ga, 2003 yilda 24.2 % ni tashkil qildi. Bu 2002 yilga nisbatan bir foiz darajaga kamdir. 2004 yilda YAIM ga soliq stavkalarini pasayishi natijasida soliq tushumlari qisqarishi tendensiyasi saqlanib qoldi. Davlat budjeti daromadlari YAIMga nisbatan 2004 yilda 22.5 % ni tashkil etdi, bu esa 2003 yilga nisbatan 1.7 darajaga kamdir. 2005 yilida davlat budjeti daromadlari YAIMga nisbatan 20.8 % ni tashkil etdi va 2004 yilga nisbatan 1.7 foiz darajaga kam bo‘ldi. 2006 yilning natijalariga ko’ra davlat budjetining daromadlari YAIM ga nisbatan, 2005 yildagi 20.8 % ga nisbatan 19.1 %
ni tashkil etdi. Umuman olganda davlat budjeti daromadlarini so’ngi yillarda yuqori darajada o’sib borayotganligini ko’rishimiz mumkin. (2.1.2-diagrammaga qarang)



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə