Ziyonet Iqtisodiy islohotlarni shakllantitirshda soliq siyosatining ustivor yo


Davlat budjeti daromadlarining YaIMga nisbatan (% da)11



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə8/15
tarix22.03.2024
ölçüsü0,71 Mb.
#183573
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
iqtisodiy islohotlarni shakllantirishda soliq siyosatining ustuvor

2.1.2-diagramma

Davlat budjeti daromadlarining YaIMga nisbatan (% da)11


Budjet daromadlari mamlakat budjet jamg‘armasini shakllantirish jarayonida davlat bilan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda etadi. Bu iqtisodiy munosabatlar korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan budjetga to‘lanadigan turli to‘lovlar ko‘rinishida yuz beradi, ularning moddiy-ashyoviy ifodasi budjet jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari hisoblanadi. Daromadning vazifasi budjet xarajatlarini qoplashdan iborat. Ammo, bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarning shunday shakllarini topish zarurki, daromadlarni budjetga olish usullari mehnat unumdorligini ko‘tarishga, jamiresurslardan oqilona foydalanishga, tushumlarni ko’paytirishga xizmat qilsin. Mamlakatda ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirish, budjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlash, budjet taqchilligini tartibga solish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun, davlat daromadlarini, avvalo, soliqlar







11 «Перспективы развития мировой экономики» МВФ и Минфин.
orqali iqtisodiyotni boshqarish mexanizmini to‘g‘ri, oqilona ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish lozim bo’ladi.
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko’rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko’rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo’lib ertaga yo‘q bo’lib ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo’la olmaydilar, ya’ni shunday uslubiy yondoshishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak.
Hozirgi kunda soliqlarning funksiyalar masalasida katta baxslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko’pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb e’tirof beradilar. Lekin bizning fikrimizcha hozirgi kunda respublikamiz soliqlar tizimida soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalari ajratib ko’rsatiladi:

  • soliq hisobining fiskal (xazinaga oid) funksiyasi;

  • rag’batlantirish funksiyasi;

  • soliq hisobining nazorat funksiyasi;

  • soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi; Soliqlarning asosiy funksiyasi - fiskal vazifa hisoblanadi (lotincha “fiscus”-

xazina). Buning ma’nosi shuki, soliqlar yordamida pul resurslarining markazlashtirilgan fondi tashkil etiladi. Unga davlat apparati qurolli kuchlarni tutib turish, shuningdek zarur ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajarish uchun mamlakat hukumati egalik qiladi, ya’ni eng muhim umumdavlat, xalq xo’jaligi vazifalarini hal etish, korxona va fuqarolar olgan daromadlar bir qismini soliq to’lovlari sifatida olish yo’li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Shu yerda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning soliqlar xazinani to‘ldirishning asosiy elementi ekanligi to‘g’risida bildirgan fikrlarini keltirmoqchimiz: «Soliqlar xazinani to‘ldirish siyosatining asosiy unsuri bo’lib, davlat budjetining daromad qismi eng muhim umudavlat, xalq xo‘jaligi vazifalarini hal etish
uchun zarur bo’lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashi lozim»12. Muxtaram Birinchi Prezidentimiz ushbu fikrlari orqali ikki asosiy g’oyani ilgari surmoqdalar. Birinchidan, soliqlar xazinani to‘ldirishda asosiy element ekanligi ta’kidlayaptilar, ikkinchidan, davlat budjeti daromad qismining xajmi eng muhim umumdavlat, xalq xo‘jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda bo’lishi kerakligini ta’kidlamoqdalar.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar yordamida tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti» yaratadi. Ushbu funksiya orqali soliq tizimi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmondan soliq muhiti eng maqbul bo’lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning iqtisodiy funksiyasi orqali davlat xalq xo‘jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi, bu bilan fiskal funksiyalarni bajarish uchun bazani kengaytiradi. Ishlab chiqarishni soliqlarning iqtisodiy funksiyasi orqali rag’batlantirib va rivojlantirib, davlatning oqilona soliq siyosatini o’tkazish bilan davlatning soliq yukini kuchaytirmasdan turib faoliyat ko‘rsatishi va yashashining shartsharoiti ta’minlanadi. Rag’batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya
faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi.
Nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish



12 I.A.Karimov. jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekistonda uni bartaraf etish yo’llari va choralari. – T. 2009-y.
ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va xokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq xisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi davlat moliyasi tarkibida ham soliqlar muhim o‘rin tutadi, chunki u moliya tarkibida alohida bir tizimni tashkil etib, markazlashtirilgan pul mablag’lari budjet fondini shakllantirishda xal qiluvchi muhim rol o‘ynaydi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bozor iqtisodiyotining o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi mexanizmlarining istiqbolli ekanligi va bunda davlat ixtiyorida faqat iqtisodiy vositalar va rag’batlar saqlanib qolinishi hamda ularning tarkibiy qismi soliqlar ekanligi bir necha bor ta’kidlaganlar va soliqlar haqida quyidagicha o‘z fikrlarini bildirganlar: «Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo’lib qoladi»13.
Ushbu mulog’azalarni tahlil qilarkanmiz, eng avvalo, mamlakat doirasida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda soliqlarning alohida o‘rni bor ekanligini qayd etib, haqiqatdan ham davlat o‘zi ishlab chiqqan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda yoki uni hayotga tadbiq etishda turli vositalardan foydalanadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning eng madaniylashgan, eng tabiiy va eng sog’lom yo‘li haqiqatdan ham soliqlardir. O‘tish davrida davlat halq xo‘jaligining yashash salohiyatini, ayniqsa ustuvor tarmoqlarni qo‘llab - quvvatlashi shart, bunda u ularga narxlarni tartibga solish, imtiyozli soliq solishni qo‘llash va hokazolar yo‘li bilan real yordam ko‘rsatadi.
Keltirilgan nazariy ma’lumotlarga asoslangan holda 2016-2018 yillarda davlat budjeti daromadlar tarkibini tahlil qilar ekanmiz, yillar davomida budjet daromadlarining muntazam ravishda oshib borishi ma’lum bo’ldi. Davlat budjeti daromadlari tarkibida to’g’ri va egri soliqlarining o‘rni kattadir. Umuman olganda budjet daramadlarining soliqli tushumi 2016 yildan 2018 yillar oralig’ida islohotlar





13 I.A.Karimov. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.’’O’zbekiston’’, 2005.
natijasini bildirib turibdi. Albatta, shuni aytib o’tish kerakki, bu tovarlarni (ish, xizmat) iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadigan soliq yukining ma'lum darajada ortishini bildiradi. (2.1.1-jadvalga qarang) Davlat budjeti jami daromadlari tarkibida resurs to'lovlari va mol-mulk soliqlarining ulushi 2018 yilda 16 % ni, 2017 yilda 14 % ni va 2016 yilda 12.9 % ni tashkil qilgan. Resurslarga soliq stavkalarini oshirish (tabiiy gaz, gaz kondensatlari va neft) shuningdek, boshqa tabiiy resurslarga amal qilayotgan stavkalarning indeksatsiya qilinshi natijasida resurs to‘lovlari va mulk soliqlari bo’yicha tushumlar ortgan.



    1. Yüklə 0,71 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə