O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari


Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy bankining qisqacha tavsifi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə2/12
tarix22.08.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#120812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari v-fayllar.org

Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy bankining qisqacha tavsifi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov 1991 yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan.
Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Mohiyatan, bugungi kunda O‘zmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si bo‘lib qoldi. Konservativ, puxta o‘ylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, o‘sish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va jo‘shqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, o‘z mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obro‘ga ega bo‘lish imkonini berdi.
Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. O‘zmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani O‘zmilliybank O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.
Mamlakatimiz bank sho’basi jadal rivojlanayotgan sharoitda Milliy bank O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib hisob yuritish xalqaro andozalariga mos keladigan yangi hisobvaraqlar rejasidan foydalanishga o‘tdi. 2004 yilda “Globus” avtomatlashtirilgan bank tizimini amalga kiritish ishlari nahoyasiga yetdi. Hozirgi kunda bu tizim Bankning barcha bo‘lim va filiallarida amal qilmoqda.
Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida joylashgan 90ta filiali keng doiradagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlamoqda. Shuningdek, Milliy bank Moskva shahrida o‘zining “Aziya-Invest Bank” sho‘ba bankiga ega. Milliy bank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda.
Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda. Xususan:
Tashqi savdo faoliyati. Milliy bank O‘zbekistondagi butun tashqi savdo oborotining 70%dan ortig‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Bunda eksport-import bo‘yicha kreditlashning bo‘nak to‘lovlari qaytarilishi, kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash, forfeyting, faktoring, o‘zbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish, loyihalarni moliyalash, eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalash kabi mexanizmlari qo‘llanilayapti. To‘lov muddati suriladigan akkreditivlar qo‘llanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda mablag‘larni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga oshirilayapti;
Loyihalarni moliyalash. Milliy bank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obektlari normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartishlarni ta’minlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun mo‘ljallangan. Yirik xalqaro moliya muassasalari kredit yo‘nalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida, bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda;
Investitsiyalashga doir bank ishi. O‘zmilliybank investitsiya banki sifatida mamlakatimizda infrastrukturasi rivojlangan, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgan, moliya hamda sanoat sho’balari rivojlanishiga yordam berayotgan eng katta bank hisoblanadi. Bankning investitsiya portfeli to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes, transport va sayyohlik, moliya sho’basi korxonalarining aksiyalarini qamrab olgan. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – bank faoliyatidagi shubhasiz ustuvor yo‘nalishdir;
Chakana xizmatlar
Omonatlar. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qat’iy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy omonatlar bo‘yicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qo‘shildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70dan ziyod turini taqdim etmoqda.
O‘zmilliybank bo‘lim va filiallari orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha ko‘paydi. Amalga oshirilgan ishlar O‘zmilliybankka aholining jalb etilgan depozitlari bo‘yicha O‘zbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi;
Plastik kartochkalar. Bank aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda O‘zmilliybank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. O‘zmilliybank kartochkalari bo‘yicha to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. O‘zmilliybank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘m kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zmilliybank O‘zbekistonning o‘zida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin:
Elektron banking. Bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti;
“Bank-mijoz” tizimi. “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. AFIRATOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi o‘tkazilayotganda bank ilgari surgan “Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimi” mahsuloti uchun “Texnologiyalarni rivojlantirish” nominatsiyasida Milliy bankka AFIRATO mukofoti taqdim etildi.
Milliy bank O‘zbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – Bank faoliyatining so‘zsiz ustuvor yo‘nalishidir.
O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida eksport-import operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli moliya tuzilmasi bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Aziya-Invest Bank” sho‘ba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi.
Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, O‘zmilliybankni institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yo‘naltirilmoqda.
O‘zmilliybank tuzilishida keng ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir. Milliy bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda.
Bank xorijiy sheriklar oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi to‘lovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha, O‘zmilliybank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yo‘nalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə