O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#137580
1   2   3   4   5   6   7
Rashidov Abror Ro‘zimurod o‘g‘li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda[5]. Bunda ushbu 
toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat 
qaratilmoqda[6]. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay 
o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi
odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi 
ortmoqda[7]. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga 
xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, 
“mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy 
etilmoqda[8]. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam 
va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari 
o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda[9]. Bugungi 
kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish
buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni 
qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng 
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib 
qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu 
an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, 
takomillashib bormoqda[10]. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, 
“Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi 
dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” 
dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin 
qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga 
oshirilmoqda[11]. Ta’kidlash joizki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni 
obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi, 
ularning rivojiga bu qadar jiddiy e’tibor berilmagan[12]. Muhtoj fuqarolarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, aniq maqsad bilan moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholining kam ta’minlangan qatlamlariga 
dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va 
imkoniyatlar tug‘dirishga qaratilmoqda[13]. Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul 
kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo‘lish 
imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi. Bizga ma’lumki, bundan 4 
yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi[14]. Bu borada davlat grantlari 21 
mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirildi ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar 
qizlarga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham 2 ming nafariga bu yil 
oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratildi. 2030 yilga qadar bitiruvchilarni 
oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish reja qilinmoqda[15]. 
Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un 
va mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Oxirgi 5 yilda bolalarimizni 
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 
60 foizga yetgan, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi. Qishloqlarda 
ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga 10 sotixdan 1 gektargacha yer 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə