O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#134975
  1   2   3
Urazbayeva Yulduz Abdullayevna



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
TA’LIM JARAYONIDA O’QUV MOTIVATSIYASI SHAKLLANISHINING O’ZIGA 
XOSLIGI. 
 
Urazbayeva Yulduz Abdullayevna 
URDU Psixologiya(Faoliyat turlari bo’yicha ) 
2-kurs magistranti 
 
Annotasiya. 
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o’quv motivatsiyasi 
shakllanishining o’ziga xosligi bayon qilingan.
Kalit so’zlar. 
Psixologiya, shaxs, motiv, motivatsiya, psixolog-talaba, ta’lim
 
Inson hayoti davomida qandaydir faoliyatni amalga oshirar ekan, faoliyatni 
samarali bo’lishi insonning mazkur faoliyatga nisbatan intilish, hohish yoki istaklariga 
bog’liq bo’ladi. Bu o’rinda motivatsiya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Motivatsiya keng ma’noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) 
murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. 
Motivatsiya – insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, 
u o’zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni
emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi. 
Motivatsiya – murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi 
bo’lib, u o’zida mayillar, ideallar ko’rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini 
bevosita aniqlab, boshqarib turadi. Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi 
sabablar majmuidir. Motivatsiya tushunchasini turlicha ifodalash, motivatsiyaning 
mazmuni va energetik tomoni haqidagi ma’lum savol psixologlar tomonidan ifodalab 
berilgan. Xorij psixologlari uchun motivatsiya tushunchasini xarakterli aniq bir 
tomonlama energetik faollik manbai sifatida qaraladi, ular mazmunli tomonga e’tibor
bermay, aniq mexanizmlar sifatida energiya va xulq-atvorga taqsimlaydilar [1],[3]. 
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtayi 
nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o'ziga 
xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo'lib, ularning nazarida ilmiy pozitsiyalar va 
konsepsiyalar 
mohiyati 
jihatdan 
farqlanuvchi 
g'oyalar 
va 
yo'nalishlar 
mujassamlashgan. 
Rus psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushiniskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, 
V.M.Bexterev, 
A.F.Lazuriskiy, 
V.N.Myasishev, 
A.A.Uxtomiskiy, 
D.N.Uznadze, 
S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, L.I.Bojovich va boshqalar mazkur 
muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. 
Rus psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida 
motivatsiyaga oid o’ttizdan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik 
maktablarning ayrim namoyondalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishiga 
harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bexiviorizm, geshtalt psixologiya, 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə