O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#134975
1   2   3
Urazbayeva Yulduz Abdullayevna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, 
analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va boshqalar. 
Ta’lim - tarbiya jarayonida o’qish motivatsiyasining o’rni butun dunyo olimlari 
tomonidan tan olingan va har tomonlama o’rganilgan. O’quv samaradorligini 
oshirishda o’quv motivatsiyasining rolini chet el olimlari o’z tadqiqotlarida tadqiq 
qildilar. 
E.Torndayk tajribalarning alohida tomoni ularning juda tor va cheklangan 
xarakterga ega ekanligidadir: ular real o’quv jarayoni bilan juda oz darajada 
bog’langandir [3.b.275]. 
Vaziyat nazariyasini diagnostika qilish vazifalarini tadbiq qilgan G.Rozenfeld 
(1975) ko’rasatadiki, vaziyat atrof- borliqning vaqtinchalik va fazoviy tavsifidir va u 
subyekt bilan obyektning integratsiyasi tomonidan belgilanadi [1]. O’quv motivlari – 
bu o’quvchilarni o’quv faoliyatining turli tomonlariga yo’naltirishdir. Masalan, 
o’quvchilarning o’zi o’rganayotgan obyekt bilan bajaradigan ishiga qaratilgan bo’lsa, 
ularni bilish motivlari deb atash mumkin. Agar o’quv faoliyati o’quv jarayonida turli 
kishilar bilan to’g’ri muloqat qilishga yo’naltirilgan bo’lsa, ijtimoiy motivlar namoyon 
bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ba’zan o’quvchilarda bilish jarayoni, qolganlarida 
esa boshqalar bilan muloqat o’qish faoliyatini motivlashtirib turadi. 
A.K.Markova motivlarni 2 ta katta guruhlarga ajratgan. 
1. O’quv faoliyatining mazmuni va uni bajarish bilan bog’liq bilish motivlari. 
2. O’quvchilarning boshqa kishilar bilan o’zaro ijtimoiy (sosial) motivlari. 
Bu motiv turlari psixologik adabiyotlarda keng o’rganilgan [3.b.277] 
Psixologlar tomonidan o’quv motivatsiyasining salbiy va ijobiy tomonlari 
mavjudligi ta’kidlab o’tilgan. Salbiy motivlar o’quvchi tomonidan agar u o’qimasa, 
ko’ngilsizlik, noqulaylik va noaniqlikni vujudga kelishi bilan bog’liq holda anglangan 
undovchilardir. 
Ijobiy motivlar o’qish bilan bog’liq ijtimoiy ahamiyatga ega burchni bajarish, 
muvaffaqiyat qozonish, bilim egallashning yangi usullarini o’zlashtirib olish, 
atrofdagilar bilan yaxshi munosabat o’rnatishda o’z aksini topadi. Bu xususiyat 
o’quvchi qancha vaqt mobaynida ushbu motiv tomonidan undalgan o’quv faoliyati 
bilan shug’ullana olishida namoyon bo’ladi [1], [2]. O’qituvchining diqqat markazida 
o’quv motivlarining namoyon bo’lish shakllari turishi kerak.Bu asosda o’qituvchi 
o’quvchi faoliyatining motivlari haqida dastlabki tasavvurga ega bo’ladi.Shundan so’ng 
motivlarning ichki xususiyatlari salbiy modallikka ega bo’lgan ko’ngilsizlikdan qochish 
kabi barqaror motivlarga e’tibor berishimiz lozim. 
Motivlarning yana bir muhim xususiyati uning vujudga kelish tezligida 
ifodalanish va kuchida o’z aksini topadi.Bu xususiyat o’quvchi qancha vaqt mobaynida 
ushbu motiv tomonidan undalgan o’quv faoliyati bilan shug’ullana olishida namoyon 
bo’ladi. 
Demak, ta’lim jarayonida ta’lim motivatsiyasining o’rni butun dunyo olimlari 
tomonidan tan olingan va har tamonlama o’rganilgan. O’quv faoliyati samaradorligini 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə