O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 79,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü79,85 Kb.
#180746
1   2   3   4   5   6   7
Asilova Sanobar Xatamboyevna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
17-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.03.2023
F.Qodirovaning “Maktabgacha pedagogika” o‘quv darsligida 6-7 yoshli 
bolalarning bilish jarayonlari, jumladan ulardagi ijtimoiy-hissiy rivojlanish jarayonlari 
va ularni riivojlantish haqida bir qator nazariy ma‘lumotlar berilganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Unda 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari, Bolani mktabga 
tayyorlash jarayonida ta‘lim olishga tayyorlash, o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozimligi 
haqida fikrlar keltirib o‘tilgan. Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva, 
M.X.Xolnazarovalarning “Rivojlanish psixologiyasi pedagogik psixologiya” kitobida bu 
yoshda bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanish jarayonida yuz beradigan inqirozlarni 
o‘rganilgan. Unga ko‘ra, maktabgacha yoshda bola o‘zini jismoniy alohida mustaqil 
individ sifatida anglashdan, o‘z hissiyot va kechinmalarini anglashgacha bo‘lgan yo‘lni 
bosib o‘tadi
88
. O‘z uyida yaqinlariga nisbatan quyidagi xulq-atvorni namoyon etadi: 
bolaga gapirganda javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bo‘lishi, ota-ona 
tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish, quloq solmaslik, qaysarlik, 
talabchanlik, injiqlik, maqtovni kutish kabi xulq-atvor shakllarini namoyon qiladi. 
Professor Y. Nurumbekovaning maktabgacha ta’lim va uni O‘zbekistonda yangi 
istiqbollari haqidagi ko‘plab tadqiqiy ishlari ham biz tanlagan mavzuga doir juda ko‘p 
ma‘lumotlarni taqdim etishiga. Yani, yosh avlodni har tomonlama yuksak saviyali va 
sog‘lom qilib tarbiyalashdagi eng muhim ta‘lim muassasasidan biri bu maktabgacha 
ta‘lim ekanligi uning tadqiqotlarida yaqqol namoyon bo‘lgan. 
6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishida jiddiy o‘zgarishlar jismoniy va 
fiziologik jihatdan rivojlanish, emotsional sohalaridagi rivojlanishlar yangi shaxsiy 
hayotga debocha hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Rivojlanishda kishidagi jismoniy, ruhiy, va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha 
tug‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Bolaning hissiy 
rivojlanishi – bu uning idrokining rivojlanishi va ob‘ektlarning tashqi xususiyatlari: 
ularning shakli, rangi, o‘lchovi, fazodagi holati, shuningdek hidi, ta‘mi haqidagi
g‘oyalarini shakillantirish. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy 
rivojlanishning ahamiyatini yaxshilash, atrofimizdagi dunyo haqidagi g‘oyalarni 
to‘plash uchun eng qulaydir. 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy 
rivojlanishiga tizimli yondashuv asosida kattalar va tengdoshlari bilan 
muloqatchanlikka o‘rgatish hissi, psixologik zo‘riqishlarga nisbatan bardoshli bo‘lish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashishimiz lozim. Bolalar jamoasini 
shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalar o‘z xulqlarining 
jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi 
bilan hisoblashsa, o‘zining jamoa uchun zaruriyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy 
hayotning yoqimli va quvonchli bo‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada 
shakllanganligidan dalolat beradi. Bola muassasaga kelishi bilan bolalar jamoasining 
88
Z.T.Nishanova, 
N.G.Kamilova, 
D.U.Abdullayeva, 
M.X.Xolnazarova 
‘‘Rivojlanishpsixalogiyasipedagogikpsixalogiya’’ kitobii Toshkent-2019 



Yüklə 79,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə