O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 79,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü79,85 Kb.
#180746
1   2   3   4   5   6   7
Asilova Sanobar Xatamboyevna

86
 
https://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-tizimini-2030-jilgacha-rivozhlantirish-
kontseptsiyasi-amalda
 
87
https://lex.uz/ru/docs/-5179335?ONDATE=05.04.2022 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
17-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.03.2023
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

-“Men” konsepsiyasi; 

-hissiyotlar va ularni boshqarish; 

-ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. 
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasida bola o‘z “Men” i va boshqa insonlarni hayotiy 
faoliyti to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi: 
-o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi 
-o‘zgalarning hissiyoptlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi 
- kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi 
- murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi 
Maktabgacha ta‘lim muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha 
tashkil qiladi. Rivojalanish sohalari bo‘yicha maqsadlar jismoniy rivojlanish va sog‘lom 
turmush tarzini shakillantirish safda bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish ijtimoiy-hissiy 
(emotsional) rivojlanish, o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish, nutq, muloqot, 
o‘qish va yozish ko‘nikmalari bolaning og‘zaki nutqini yoshiga muvofiq 
mustahkamlash ijodiy rivojlanish hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni 
shakillantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini harakatlarda ritmik ifodalilikni 
tarbiyalashdan iboratdir. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi va bilim olishiga oid 
ilmiy izlanishlar, bolaga yo‘naltirilgan amaliyotda (BYA) juda muhim sanaladi. Mazkur 
izlanishlarda J.Piaje, L.S.Vigotskiy, Erikson va boshqalarning ilmiy qa-rashlari bola 
rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari 
ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik 
qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda 
tutadi. Jumladan, Shvetsiyalik psixolog Jan Piajening, Avstriyalik psixiatr, psixolog 
Z.Freyd, Sobiq Ittifoq olimi D.B.Elkoning nazariyalaridan tadqiqotimizda keng 
foydalanildi. U. Djeyms bolada “Men” konsepsiyasini “Men-yaratuvchi” va “Men-
obyekt” ga bog‘lagan. “Men” konsepsiyasini ko‘pincha yo‘naltirilgan tushunchalar 
sifatida aniqlandi. Uning ichida “Men” uchta tarkibiy qismlarga ajratiladi: 
-
Kognitiv qism - “Men” qiyofam (inglizcha- Selg image), o‘z ichiga shaxsning o‘zi 
haqida taassurotini qamrab oladi. 
-
Emmotsional qadriyatlar (affektiv) - o‘ziga shaxs sifatida, o‘z faoliyatiga bo‘lgan 
munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o‘z-o‘ziga baho berish tizimiga 
o‘zini baholash tizimi (inglizcha-self-esteem) kiradi. 
-
Axloqiy fe‘l - atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe‘l - atvorida 
namoyon bo‘lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o‘zi haqidagi fikrlarda o‘zini anglab 
ko‘rsatadi. 
Rossiyalik X. Shinchenkova professor olima maktabgacha yoshdagi 6-7 yoshli 
bolalarni o‘rganish orqali ularning hissiy jarayonlarini amaliy tadqiqotlarida batafsil 
yoritgan. 



Yüklə 79,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə