O‘zbekistonda gidrotexnika kurilishining ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə6/7
tarix30.03.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#103716
1   2   3   4   5   6   7
1-маъруза lotin

Asosiy me’yoriy hujjatlar.
Suv xo‘jaligi qurilishi murakkab va keng qamrovli kompleks bo‘lib unda loyihadan inshootni ishlab chiqarishga topshirishgacha bo‘lgan turli ishlar bajariladi. Har qanday yirik inshootlarni ya’ni davlat ahamiyatidagi inshootlarni loyihasiz qurishga ruxsat etilmaydi. SHu sababli inshoot qurilishi to‘g‘risidagi har bir ma’lumot asosga, ya’ni me’yoriy asosga ega bo‘lishi kerak.
Muxandislik fanlari va umuman ilmda ko‘plab masalalar borki ular matematik masalalar kabi echiladi. Masalan hajmni hisoblash, yuzasini topish, og‘irlik, sarf, solishtirma ko‘rsatkichlar va boshqa tushunchalar borki u qanday siyosat bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z mazmun – moxiyatini o‘zgartirmaydi.
Suv xo‘jaligi qurilishi amaliyotida umum ittifoq, respublika, tarmoq va mahalliy me’yorlardan foydalanilgan va hozir ham ularning ayrimlaridan foydalanilmoqda.
Respublika mustaqilligidan so‘ng me’yoriy hujjatlar ham yangilanib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bilan davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shug‘ullanmoqda. So‘ngi vaqtga kelib “SHaxarsozlik normalari va qoidalari”(SHNQ) ishlab chiqarishga joriy etildi. Masalan tuproq ishlari uchun SHNQ 14.02.01.04 Toshkent 2005 chop etildi. Lekin undan gidromelioratsiya tizimida bajariladigan ayrim ishlar uchungina foydalanish mumkin. Suv xo‘jaligi va qurilishda ko‘proq qo‘llaniladigan ayrim me’yorlar quyida ko‘rsatilgan.
SNiP 1.02.01-85. Loyiha ishlari to‘g‘risida
SNiP 1.03.03-85. Inshoot, binolar, korxonalar
qurilishining davomiyligi haqida.
QMvaQ 3.02.01-96. Er ishlarini bajarish to‘g‘risida;
QMvaQ 3.03.01-96. ch.1. Tuzilmalar, jihozlar va materiallarga
smeta baholari yig‘indisi.
QMvaQ 3.02.07-96 sb.7. Beton va temir beton ishlar.
QMvaQ 3.05.37-96 Gidrotexnik inshootlar beton va
temirbeton tuzilmalari.
SHNQ 4.02.01.04. Tuproq ishlari
Ko‘rsatilgan me’yoriy hujjatlarning har bir harfi va raqamlari o‘z mazmuniga ega, masalan QMvaQ “qurilish me’yorlari va qoidalari”dir, 4 qism tartib raqami, 02 gurux tartib raqami, 01 hujjat tartib raqami va 96 – tasdiqlangan yili u yilning so‘ngi 2 ta raqamidir, masalan 1996 ning 96 si yoziladi.
Har bir me’yoriy hujjatdan foydalanishda uning kirish qismida undan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan. Masalan QMvaQ 3.02.01.-96 da grunt guruxi, har xil sharoit uchun foydalanishda qo‘llaniladigan koeffitsentlar va ularni qanday ishlatish kabi ma’lumotlar berilgan.



Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə