O‘zbekistonda gidrotexnika kurilishining ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə2/7
tarix30.03.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#103716
1   2   3   4   5   6   7
1-маъруза lotin

Asosiy tushunchalar va terminlar


meliorativ ob’ektlar — kollektor-drenaj va yuza tashlama suvlarni to‘plash hamda ularni sug‘oriladigan erlardan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan, kollektorlar va kollektor-drenaj tarmog‘ini (inshootlar bilan birga), vertikal drenaj quduqlarini, meliorativ nasos stansiyalari va kuzatuv tarmog‘ini o‘z ichiga oladigan suv xo‘jaligi ob’ektlari;
drenaj (ochiq va yopiq) — drenaj suvlarini to‘plash va ularni sug‘oriladigan er uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan suv xo‘jaligi ob’ekti;
yopiq gorizontal drenaj — drenaj suvlarini to‘plashga va sug‘oriladigan maydon uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan yopiq quvurli tarmoqlar tizimi;
vertikal drenaj qudug‘i — er osti bosimli va sizot suvlarni chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat ko‘rsatilayotgan maydonning meliorativ holatini yaxshilash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat bo‘lgan inshoot;
ochiq drenaj — drenaj suvlarini to‘plash va ularni sug‘oriladigan maydon uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan kanal (inshootlar bilan birga);
kollektor — asosan drenaj tarmog‘idan drenaj va tashlama suvlarni qabul qilish va uzatishga, shuningdek ularni sug‘oriladigan hudud tashqarisiga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan kanal (inshootlar bilan birga). Xizmat ko‘rsatish hududi bo‘yicha kollektorlar magistral (viloyatlararo), tumanlararo kollektorlar va xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlariga bo‘linadi;
magistral (viloyatlararo) kollektor — bir viloyatdan ortiq hududni kesib o‘tadigan ochiq kollektor;
tumanlararo kollektor — bir viloyat chegarasida bittadan ortiq tuman hududini kesib o‘tadigan ochiq kollektor;
xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tarmog‘i — bir tuman hududida joylashgan ochiq va yopiq kollektorlar va drenaj tarmog‘i;
meliorativ ob’ektlarni ta’mirlash va tiklash — meliorativ ob’ektlarning loyihaviy parametrlarini ta’minlashga, shu jumladan kollektor o‘zanlarini cho‘kindilar, o‘tlar va butalardan tozalashga, ulardagi inshootlarni va yon qiyaliklaridagi ayrim emirilishlarni ta’mirlashga, yopiq gorizontal drenajni ta’mirlash, yuvishga hamda asbob-uskunalar, inshootlar va boshqa meliorativ ob’ektlarni ta’mirlash hamda ularning tez eskiradigan ayrim qismlari va uzellarini almashtirishga mo‘ljallangan ishlar;
meliorativ ob’ektlarni joriy ta’mirlash — meliorativ ob’ektlarni ish holatida saqlashga mo‘ljallangan, muntazam ravishda amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari. Bunda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari (temir-beton, metall konstruksiya, sement, metall va hokazolar), ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar qiymati ta’mirlash-tiklash ishlari jami qiymatining 20 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak;
meliorativ ob’ektlarni mukammal ta’mirlash — jarayon davomida ob’ekt yoki uning ayrim elementlarini to‘liq yoki qisman tiklash, inshootlarning eskirgan konstruksiyalari va asbob-uskunalarini almashtirish yoki ularni mustahkamroq va tejamlilari bilan yangilashga doir ishlar. Bunda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar qiymati ta’mirlash-tiklash ishlari jami qiymatining 20 foizidan ortiqni tashkil qiladi;
meliorativ ob’ektlarda avariya-tiklash va ta’mirlash — avariya natijasida kelib chiqqan barcha shikastlanishlarni shoshilinch tartibda bartaraf etish ishlari;
meliorativ ob’ektlardagi oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan ishlar — meliorativ ob’ektlardan foydalanish davomida aniqlangan Davlat dasturi bilan qamrab olinmagan bajarilishi zarur bo‘lgan ta’mirlash-tiklash ishlari;
meliorativ ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va qurish — meliorativ ob’ektlarni to‘liq yoki qisman qayta qurish va qurish. Ob’ekt rekonstruksiya qilingandan keyin uning dastlabki loyiha parametrlari va inshootlar tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki to‘liq o‘zgarishi mumkin;
grunt – (asos, grunt, tog‘ jinslarining umumlashtirilgan nomi), er qobig‘ining yuqori qatlamini tashkil etuvchi, vaqt bo‘yicha o‘zgarib turadigan, ko‘p komponentli zamin – asos hamda inshootlar qurilishida material sifatida qo‘llaniladigan tog‘ jinslari (hamda inson xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyati qattiq chiqindilariga);

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə