7- mavzu. Quvurli pechlar



Yüklə 185,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü185,16 Kb.
#182061
  1   2   3   4   5   6   7   8


7-
Mavzu
. QUVURLI PEChLAR 
 
7.1. UMUMIY TUShUNChALAR 
Quvurli pech neft va neft mahsulotlarini isitishga moʻljal-langan uskuna 
boʻlib, pechning kamerasida yonilgʻini yoqishdan hosil boʻlgan yuqori haroratli 
yonish mahsulotlarining issiqligʻidan foydalanishga asoslangan. Quvurli pechda 
isitilishi lozim boʻlgan xom ashyo zmeyevikning quvurlari ichidan harakat qiladi, 
yonishdan hosil boʻlgan issiq mahsulotlar esa quvurlarning tashqari yuzalarini 
siypab oʻtadi.
Zamonaviy quvurli pechlar odatda ikkita kamerali boʻladi: 1) radiant 
kamerasi, bu yerda yonilgʻi yonadi va issiqlik qizdirilgan yonish mahsulotlaridan va 
devorlar yuzasidan quvurlarga asosan nurlanish orqali beriladi; 2) konvektsiya 
kamerasi, bu yerda yonishdan hosil boʻlgan issiq mahsulotlarning quvurlar bilan 
toʻqnashuvi paytida issiqlikning quvurlarga asosan konvektsiya yoʻli bilan berilishi 
yuz beradi. 
Quvurli pechlar neft va gazni qayta ishlash, neft kimyosi, koks kimyosi va 
sanoatning boshqa tarmoqlarida keng tarqalgan boʻlib, turli texnologik jarayonlar 
(neft va mazutni haydash, piroliz, katalitik kreking, riforming, gidrotozalash
moylarni tozalash va hokazo)da ishlatiladi va koʻplab qurilmalarning muhim qismi 
hisoblanadi. 
Quvurli pechlarning tuzilishi bir qator omillarga bogʻliq boʻladi: issiqlik 
oʻtkazishning usullari; yonish kameralarining soni va shakli; radiatsiya zonasidagi 
sektsiyalar (yoki kameralar) ning soni; alanga va quvurlar oʻqlarining oʻzaro 
joylanishi; quvurlarning nurlanish rusumi; isitilayotgan mahsulot oqimlarining soni; 
konvektsiya kamerasining radiant kamerasiga nisbatan joylanishi; radiant va 
konvektsiya quvurlarining uzunligi va hokazo. 
Quvurli pechlarning asosiy kattaliklari qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin: pechning ish unumdorligi; foydali issiqlik sarfi; isitish yuzasining issiqlik 
boʻyicha kuchlanganlik darajasi; pechning foydali ish koeffitsienti. 


Sanoatda radiant quvurlarining isitish yuzalari 15-2000 m
2
atrofida boʻlgan 
quvurli pechlar ishlatiladi. Turli tuzilishga ega boʻlgan quvurli pechlarning issiqlik 
boʻyicha ish unumdorligi 0,12 dan 240 MVt gacha oʻzgaradi, isitilayotgan muhit 
boʻyicha ish unumdorligi esa 8-10
5
kg/soat ga teng boʻladi. Isitilayotgan muhitning 
pechga kirish va undan chiqishdagi harorati texnologik jarayonlarga bogʻliq boʻlib, 
70 dan 900
0
S gacha, bosimning qiymati esa 0,1 dan 30 MPa gacha oʻzgarishi 
mumkin. Quvurli pechlarning foydali ish koeffitsienti 0,65-0,85 atrofida boʻladi.

Yüklə 185,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə