7- mavzu. Quvurli pechlar


QUVURLI PECHNING PRINTSIPIAL SXEMASI



Yüklə 185,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.03.2024
ölçüsü185,16 Kb.
#182061
1   2   3   4   5   6   7   8
7.2. QUVURLI PECHNING PRINTSIPIAL SXEMASI 
7.1-rasmda koʻrsatilgan quvurli pechda isitilishi lozim boʻlgan xom ashyo 
ketma-ket pechning konvektsiya va radiant kameralaridagi quvurlardan oʻtadi. 
Yonish mahsulotlarining radiant kamerasidan chiqishidagi harorati ancha yuqori 
(600-900
0
S) boʻladi. Bunday gazlarning issiqligidan xom ashyoni
7.1-rasm

Quvurli pechning sxemasi:
1-forsunka; 2-karkas va oʻtga chidamli gʻisht qatlami; 3-raditsiya kamerasi; 4-
radiant quvurlari; 5-konvektsiya quvurlari; 6-bugʻni oʻta qizitgich; 7-konvektsiya 
kamerasi; 8-gaz yoʻli; 9-devor; 10-alanga. Oqimlar: I-xom ashyoning kirishi; II-xom 
ashyoning chiqishi; III-suvning kirishi; IV-suv bugʻining chiqishi; V-yonilgʻi; VI-
havo va suv bugʻi 
konvektsion quvurlarda birlamchi tozalash, qizdirilgan suv bugʻini olish hamda 
yonilgʻining yonishi uchun beriladigan havoni qizdirishda foydalanish mumkin. 


Quvurli pechlar bir qator afzalliklarga ega. Konstruktsiyasi ixcham, issiqlik 
quvvati katta, yonish mahsulotining uskunada ushlab qolinishi juda kam boʻlganligi 
sababli yongʻin havfliligi ham past darajada, ishlatish qulayligi oqibatida bunday 
pechlar neft-gazni qayta ishlash va neft kimyosi sanoati korxonalarida keng 
ishlatilmoqda. Quvurli pechlarning konstruktsiyasiga baʻzi bir kichik oʻzgarishlarni 
kiritish orqali turli texnologik jarayonlarning talablarini qoniqtirish mumkin. 
7.3. QUVURLI PECHNING ISSIQLIK BALANSI
 
Yonilgʻining yonishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar maxsus 
adabiyotlar (masalan, issiqlik texnikasi)da bayon qilingan. Bu yerda faqat quvurli 
pechga kirayotgan va undan chiqayotgan issiqlik turlari haqida maʻlumot keltirilgan. 
Quvurli pechda 1 kg yonilgʻining yonishi paytida issiqlikning kirim bandlari 
quyidagilardan iborat boʻladi:
1.
Yonilgʻining yonishi paytida ajralib chiqqan issiqlik (yonilgʻining issiqlik 
ajratib chiqarish qobiliyati), 
H
P
Q

2.
Yonilgʻining aniq issiqligi, yaʻni yonilgʻi issiqlik sigʻimi (S
yo
, kJ/kg·K) 
ning harorat t
yo
ga koʻpaytmasi, S
yo
t
yo

3.
Oʻtxonaga havo bilan kiritilgan issiqlik, αL
0
C
H
t
H
(S
h
va t

– havoning 
issiqlik sigʻimi va xarorati); 
4.
Forsunka orqali berilayotgan bugʻning issiqligi, W
H
S
s.b
t
s.b
(S
s.b. 
va t
c.b.
– suv 
bugʻining issiqlik sigʻimi va harorati). 
Issiqlik balansi kirim bandlarining yigʻindisi: 
Q
K

H
P
Q
+ S
yo
t
yo 
+ αL
0
C
h
t

+ W
h
s
s.b 
t
s.b
. (7.1) 
Yonilgʻi, havo va suv bugʻi issiqliklarining qiymatlari odatda kichik 
boʻlganliklari sababli ularni hisobga olmasa ham boʻladi. Agar havo isitkichi 
boʻlmasa, issiqlik kirim bandlarining yigʻindisi soddalashib, quyidagi koʻrinishni 
egallaydi: 
Q
K
≈ 
H
P
Q
. (7.1) 
Issiqlik balansining sarf boʻlish bandlari (kJ/kg): 


1.
Quvurli pechda issiqlikning xom ashyo va suv bugʻi tomonidan (bugʻni oʻta 
qizdirish uskunasi boʻlganda) foydali qabul qilinishi, q
f

2.
Issiqlikning pechdan chiqib ketayotgan tutunli gazlar bilan yoʻqotilishi, q
ch

3.
Issisqlikning atrof muhitga yoʻqolishi, q
y

4.
Yonilgʻining mexanik yoki kimyoviy toʻla yonmasligi orqali issiqlikning 
yoʻqolishi, q
t.yo

Issiqlik balansi sarf bandlarining yigʻindisi: 
Q
S
= q
f
+ q
ch
+ q
y
+ q
t.yo 
. (7.3) 
Suyuq va gazsimon yonilgʻi ishlatilganda yonilgʻining toʻla yonmasligi 
oqibatida issiqlikning yoʻqolishi juda ham kichik qiymatga ega. Shu sababdan oxirgi 
tenglama soddalashadi: 
Q
S
= q
f
+ q
ch
+ q

. (7.4) 
Issiqlikning kirishi va chiqishini oʻzaro tenglab, quyidagi ifodaga erishiladi: 
Q
K
= Q
S
≈ 
H
P
Q
yoki Q
K
= q
f
+ q
ch
+ q
y ;
bu yerdan q
f
= Q
K
– (q
ch
+ q

) . (7.5) 
Xulosa qilib aytish mumkinki, quvurli pechdagi foydali issiqlikning miqdori 
unga kiritilgan issiqlik miqdoridan tutunli gazlar bilan chiqib ketayotgan issiqlik va 
issiqlikning atrof-muhitga yoʻqolishi yigʻindisining ayirmasiga teng. 

Yüklə 185,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə