7- mavzu. Quvurli pechlar


QUVURLI ZMEYEVIKNI GIDRAVLIK HISOBLASH



Yüklə 185,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü185,16 Kb.
#182061
1   2   3   4   5   6   7   8
7.7. QUVURLI ZMEYEVIKNI GIDRAVLIK HISOBLASH 
Quvurli pechning bir meʻyorda ishlashi zmeyevik quvurlaridagi xom ashyo 
oqimining tezligi bilan belgilanadi. Oqim tezligi katta boʻlganda quvurlar devoridan 
isitilayotgan xom ashyoga issiqlik berish koeffitsienti koʻpayadi, koks hosil boʻlish 
hamda qattiq zarrachalarning choʻkishi kamayadi. Shu bilan birgalikda, xom ashyo 
oqimi tezligining ortishi bilan zmeyevikning gidravlik qarshiligi koʻpayadi, oqibat 
natijada xom ashyoni uzatish uchun yuqori quvvatli nasos ishlatishga ehtiyoj paydo 
boʻladi. Odatda suyuq xom ashyoning pechdagi quvurlarga kirishdagi tezligi 1-3 m/s 
ni tashkil etadi. 
Xom ashyoning quvurli pechdan chiqayotgan paytdagi holatiga koʻra, 
pechlar uch turga boʻlinadi: 1) xom ashyo oqimi bir fazali boʻlgan pechlar; 2) xom 
ashyo oqimi ikki fazali boʻlgan pechlar; 3) xom ashyo oqimi oʻzgaruvchan tarkibli 
boʻlgan pechlar. Quvurli pechlarni hisoblash, ularni yuqoridagi turlarning qaysi biri 
bilan bogʻliqligi inobatga olingan holatda, olib boriladi. 
Suyuq xom ashyoning bir fazali oqimi qoʻllanilganda, isitish paytida xom 
ashyo zichligining kamayishi tufayli, uning pech zmeyevigidagi tezligi juda kam 
(taxminan 10-20 %) oʻzgaradi. Gaz va suyuqliklarni (yaʻni ikki fazali oqimni) 
isitishga moʻljallangan pechlarda, zmeyevik quvurlarining uzunligi boʻyicha 


bosimning kamayishi natijasida, xom ashyo tezligining oʻzgarishi yuz beradi
natijada pechdan chiqish paytida hajmiy sarf koʻpayadi. Bunday pechlarni 
hisoblashda gidravlikaning maʻlum tenglamalaridan foydalaniladi. 
Xom ashyo qisman yoki toʻla bugʻlanadigan pechlarda, uning zmeyevikdagi 
tezligi jiddiy ravishda oʻzgaradi. Bunda zmeyevikning gidravlik qarshiligi, bir fazali 
oqimdagiga nisbatan, juda tez oʻzgaradi. Shu sababdan quvurli pech zmeyevigining 
qarshiligi maxsus uslub asosida hisob-kitob qilinadi. 
Pech zmeyevigi shartli ravishda isitish va bugʻlanish qismlariga boʻlinadi. 
Birinchi qism doirasida, quvur uzunligiga mutanosib ravishda, xom ashyo harorati t 
va zmeyevik qarshiligi ΔR ortib boradi. Bu yerda xom ashyo suyuq holatda boʻladi. 
Birinchi qismning oxirida xom ashyoning bugʻlanishi boshlanadi va bugʻ-suyuqlik 
aralashmasining hajmi sezilarli darajada koʻpayadi, uning zichligi esa kamayadi. 
Oqibat natijada xom ashyoning harakat tezligi juda kuchayib ketadi va qarshilikning 
oʻsishi jadallashadi. Xom ashyoning harakati paytida uning harorati koʻpayib boradi, 
bosimning qiymati kamayadi, haydalgan mahsulotning ulushi esa tez koʻpayib 
boradi. 
Xom ashyo haroratining oʻziga xos darajada oʻzgarishini quyidagicha 
tushuntirish mumkin. Birinchi qism doirasida xom ashyo bugʻlanmasdan qiziydi, 
shu sababdan uning harorati bir xil meʻyorda ortib boradi. Pechning quvurlarida xom 
ashyoning bugʻlanishi boshlangandan soʻng, berilgan issiqlikning bir qismi xom 
ashyo haroratini oshirishga sarf boʻlgandan tashqari, uning bugʻlanishi uchun ham 
sarflanadi. Bunday holatda xom ashyoning pechdan chiqishdagi harorati quvurning 
bugʻlanish qismidagi oʻrtacha haroratdan ham past boʻlishi mumkin. Zmeyevikning 
oʻrta kesimlarida haroratning haddan tashqari ortib ketishi xom ashyoning qisman 
parchalanib, quvurlar devorlarida koksning toʻplanib qolishiga sababchi boʻladi. 
Xom ashyo qisman va toʻla bugʻlangan sharoitlarda zmeyevikning gidravlik 
qarshiligini aniqlash uchun B.D. Baklanov tomonidan quyidagi tenglama taklif 
etilgan: 
б
б
L
B
P
A
P
P
)
(
0
2
0



, (7.23) 


bu yerda P
b
, P

– bugʻlanish qismining boshi va oxiridagi absolyut bosim, Pa; L
b
– 
bugʻlanish qismining uzunligi, m; A va V – koeffitsientlar, ularning qiymatlari 
quyidagi tenglamalar orqali topiladi: 
5
814
,
0
d
G
A
c
c




;
б
c
e
B


2
81
,
9


bu yerda λ – gidravlik qarshilik koeffitsienti, λ = 0,018-0,024; G
s
– bitta oqim uchun 
suyuq xom ashyo sarfi, kg/s; ρ
s
– ikkinchi qismning oʻrtacha harorati boʻyicha 
olingan suyuqlik zichligi, kg/m
3
; ρ
b
– bosim 9,81 Pa boʻlgandagi bugʻlarning 
oʻrtacha zichligi, kg/m
3
; d – zmeyevik quvurlarining ichki diametri, m; ye
2
– 
bugʻlanish qismining oxirida xom ashyoning haydalangan massaviy ulushi. 
Bugʻning oʻrtacha zichligi ρ
b
quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi: 








0
0
424
1
M
T
M
T
б
б
б

, (7.24)
bu yerda T
b
va T
0
– bugʻlanish qismining boshi va oxirida bugʻlanayotgan 
fraktsiyalarning qaynash haroratlari, K; M
b
va M
0
yuqoridagi fraktsiyalarning 
molekulyar massalari. 
Ya.G. Sorokinning tadkiqotlaridan maʻlum boʻldiki, neft va yarim mazutni 
qizdirish paytida 1/ρ
b
≈3500, mazutni qizdirishda esa 1/ρ
b
≈2000.
Zmeyevik bugʻlanish qismining uzunligini aniqlash uchun quyidagi 
tenglama taklif etilgan: 
э
p
t
t
t
t
L
i
i
i
i
L
.
0
2
2





, (7.25) 
bu yerda 
0
2
,
,
t
t
t
i
i
i

– oʻz navbatida xom ashyoning pechdan chiqishdagi, bugʻlanish 
qismining boshlanishidagi va radiant quvurlarga kirishdagi entalpiyalari; 
L
p..e
– 
radiant quvurlarining ekvivalent uzunligi: 
L
p.e
= L
h
+ L
q.e
, (7.26) 
bu yerda L
h
– radiant quvurlarining haqiqiy uzunligi, L
q.e
– pechdagi qoʻsh 
quvurlarni birlashtiruvchining ekvivalent uzunligi. 


Pechdagi bitta qoʻsh quvurlarni birlashtiruvchining ekvivalent uzunligi 
quyidagi qiymatlarga teng boʻladi: oqimning bir meʻyorda burilishida 30d, 
oqimning tez burilishida (50÷60)d; oqimning tez burilishi va torayishi paytida 100d. 

Yüklə 185,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə