7- mavzu. Quvurli pechlar


GAZ QARSHILIGI VA HAVONING TORTISHI



Yüklə 185,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü185,16 Kb.
#182061
1   2   3   4   5   6   7   8
7.8. GAZ QARSHILIGI VA HAVONING TORTISHI 
Pechdan yonish mahsulotlari va ortiqcha havoni uzatish uchun pechga kirish 
va undan chiqishda bosimlar farqini (yaʻni harakatlantiruvchi kuchni) tashkil etish 
kerak. Gazlarni siljitishda harakatlantiruvchi kuchni tashkil etish usuli boʻyicha 
havoning tortishi ikki xil (tabiiy tortish va sunʻiy tortish) boʻladi. Tabiiy tortishda 
atmosfera havosi va tutun quvurida harakatlanayotgan gazlar zichliklarining farqi 
harakatlantiruvchi kuchni tashkil etadi. 
Tutun quvurida harakatlanayotgan gazlarning harorati va tutun quvuri 
balandligining ortishi bilan havoning tortish kuchi ortadi, biroq quvurli pechning 
foydali ish koeffitsienti kamayadi. Gaz yoʻlining gidravlik qarshiligi katta va 
harakatlanayotgan gazlarning harorati past boʻlganda sunʻiy tortish tashkil etiladi. 
Gaz yoʻlining gazlar oqimiga boʻlgan umumiy qarshiligi quyidagi
qarshiliklarning yigʻindisiga teng boʻladi: 1) gaz yoʻli devorlarining ishqalanish 
qarshiligi; 2) oqimning konvektsiya quvurlari oʻramlari orqali harakatiga boʻlgan 
qarshilik; 3) oqim kesimi va shaklining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan mahalliy 
gidravlik qarshiliklar; 4) boshqaruvchi moslamalar (shiber, zaslonka va boshqalar) 
ning qarshiliklari; 5) havo isitgichning qarshiligi; 6) harakatlanayotgan gazlarning 
gidrostatik bosimini yengish. 
Yuqorida aytib oʻtilgan barcha qarshiliklarni yigʻib, tutun quvurining 
balandligi N
t.q
ni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin: 
N
t.q

)
(
Г
X
g
P




, (7.27) 
bu yerda ΣΔR – gaz yoʻlining gidravlik qarshiligi; ρ
H
ρ
G
– atrof muhitdagi havo va 
tutun quvuridagi gazlarning zichliklari; g – erkin tushish tezlanishi. 
Yonish mahsulotlari haroratining ortishi bilan ularning zichligi kamayadi, 
bunday sharoitda kamroq balandlikka ega boʻlgan tutun quvuri kerak boʻladi. Atrof 


muhitdagi havo haroratining kamayishi ham havo tortishining yaxshilanishiga olib 
keladi. Neft va gazni qayta ishlash korxonalari qurilmalaridagi tutun quvurlarining 
balandligi 40-50 m va undan koʻproq ham boʻladi, hosil qilinadigan siyraklanish 
150-300 Pa ni tashkil etadi. Gazlarning tutun quvuridagi tezligi, gidravlik 
qarshiliklarini hisobga olgan holda, 4-8 m/s (tabiiy tortishda) va 8-16 m/s (sunʻiy 
tortishda) atrofida qabul qilinadi.

Yüklə 185,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə