7- mavzu. Quvurli pechlar



Yüklə 185,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü185,16 Kb.
#182061
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
7.4. PECHLARNING ASOSIY TURLARI
 
Sanoatda har xil oʻlchamlarga ega boʻlgan turli rusumdagi quvurli pechlar 
ishlatiladi. Pechlarni tanlashda bir qator omillar hisobga olinadi: yonilgʻining turi 
(gazsimon yoki kombinatsiya qilingan); radiatsiya kamerasidagi quvurlarning 


gorizontal yoki vertikal holatda joylanishiga texnologik talablar; radiatsiya 
kamerasidagi quvurlarga issiqlikning yetkazish usullari; boshqariluvchi oqimlarning 
soni; mahsulotlarning pechda yoki radiatsiya kamerasida boʻlish vaqti va hokazo. 
Neft va gazni qayta ishlash korxonalari qurilmalarida eski rusumdagi 
chodirsimon va alangasiz yonish pechlari keng tarqalgan. Masalan, chodirsimon 
pechlar ikkita radiatsiya va bitta konvektsiya kameralaridan iborat boʻlib, ularning 
ish unumdorligi bir yilda 1,5-3,0 mln. tonnaga teng. Bunday pechlar AVT 
qurilmalarining tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Quvurli pechlarning yangi rusumlarini yaratish, ularning samaradorligini 
oshirish, standartlashtirish, katalog tayyorlash va nashr qilishda Rossiya neft 
mashinasozligi ilmiy tadqiqot institutining roli kattadir. Quvurli pechlarning 
katalogini tuzishda quyidagi shartli belgilar qabul qilingan: birinchi harf pechning 
konstruktiv jihatdan tayyorlanishini ifoda qiladi (G – tutunli gazlar uskunaning 
yuqorigi qismidan uzatiladigan gorizontal radiant quvurli pechlar; V – tutunli gazlar 
uskunaning yuqorigi qismidan uzatiladigan vertikal radiant quvurli pechlar; s – 
uskunaning yuqorigi qismida konvektsiya kamerasi boʻlgan silindrsimon quvurli 
pechlar; K – xalqasimon konvektsiya kamerasi boʻlgan silindrsimon quvurli pechlar; 
S – sektsiyalar boʻlgan quvurli pechlar); ikkinchi harf yonilgʻining yonish usulini 
bildiradi (S – erkin alanga; N – yotiq alanga; D – alanganing balandligi boʻyicha 
darajalangan miqdorda havo berib turiladigan yotiq alanga). Harflardan keyin 
koʻyilgan raqam radiant kamerasi yoki sektsiyalarning sonini bildiradi. Mabodo 
harflardan keyin raqamlar boʻlmasa, bunday holatda quvurli pech bir kamerali yoki 
bir sektsiyali boʻladi. 
Sanoatda keng qoʻllaniladigan ayrim quvurli pechlar bilan tanishib 
chiqamiz. 7.2 – rasmda GS rusumidagi pechning sxemasi berilgan. Ushbu pechning 
radiant va konvektsiya kameralarida quvurlar gorizontal holatda joylashtirilgan, 
yonilgʻi erkin vertikal yoqiladi, hosil boʻlgan tutunli gazlar pechning yuqorigi 
qismidan uzatiladi. Gorelkalar pechning bir tomonidan boshqariladi, shu sababdan 
ikkita radiatsiya kamerasini oʻrnatishga imkoniyat mavjud (bunday holatda 


pechning rusumi GS2 boʻladi). GS rusumidagi pechlar neftni atmosfera yoki 
vakuum ostida haydash qurilmalarida hamda 
7.2-rasm.
GS rusumidagi quvurli pech sxemasi:
1-gorelka; 2-radiant quvurlari zmeyevigi; 3-konvektsiya quvurlari zmeyevegi; 4-
havo qizitgich; 5-tutun chiqadigan quvur; 6-zinapoya maydonchasi; 7-futerovka (oʻtga 
chidamli material); 8-karkas.
ikkilamchi jarayonlarda ishlatiladi. Neft mahsulotlarini isitish uchun issiqlik 
yuzalarining issiqlik kuchlanganligi kichik boʻlishi (29 kVt/m
2
) talab qilingan 
paytlarda (masalan, sekinlashtirilgan kokslash qurilmalarida va kreking-
jarayonlarda) GS2 rusumli pechlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. 
7.3-rasmda GN rusumli quvurli pechning sxemasi koʻrsatilgan. Ushbu 
pechda hosil boʻladigan tutunli gazlar uskunaning yuqorigi qismidan chiqib ketadi, 
radiant kamerasining markaziy qismida vertikal devor bor, gorelkalar radiant 
kamerasining pastki qismiga 45
0
burchak bilan joylashtirilgan. Yonib turgan 
alangalar markaziy devorga qarab yoʻnaltiriladi. Bunday pechlar gaz yonilgʻisi bilan 


taʻminlangan va oʻrtacha ish unumdorligiga ega boʻlgan jarayonlarda ishlatish 
uchun moʻljallangan. 
7.3-rasm.
GN rusumidagi quvurli pech sxemasi:
1-gorelka; 2-radiant quvurlari zmeyevigi; 3-devor; 4-konvektsiya quvurlari zmeyevigi; 5-
tutun chiqadigan quvur; 6-zinapoya maydonchasi; 7-futerovka; 8-karkas.
VS rusumli pech tor kamerali 4 ta sektsiyadan tashkil topgan, zmeyevik 
vertikal quvurlardan iborat, yonilgʻining yonishi natijasida hosil boʻlgan tutunli 
gazlar uning yuqorigi qismidan uzatiladi (7.4-rasm). Har bir sektsiyaning ish 
unumdorligi 10-17 MVt. Toʻrta kameraning devorlarga radiant zmeyevikning 
vertikal quvurlari joylashtirilgan. Gaz-mazut gorelkalari radiant kamerasi pastki 
qismining orqa tomoniga joylashtirilgan. Radiatsiya kamerasining ustiga 
toʻrtburchak kesimga va gorizontal tekis quvurlarga ega boʻlgan konvektsiya 
kamerasi oʻrnatilgan. VS rusumli pechlar neft xom ashyosini qayta ishlashning AT 
va LK-6-U qurilmalarida va ikkilamchi qayta ishlash texnologiyalarida ishlatiladi. 


7.4-rasm.
VS rusumidagi quvurli pech sxemasi:
1-konvektsiya kamerasi; 2-radiant quvurlari zmeyevigi;
3-portlash oynagi; 4,7-qarab turish uchun darchalar;
5-futerovka; 6-karkas; 8-gorelka; 9-zinapoya maydonchasi; 10-tutun chiqadigan quvur.
SS rusumli pechlarning radiatsiya kamerasida zmeyevikning quvurlari 
silindrsimon devor boʻylab joylashgan boʻladi va pechda kombinatsiya qilingan 
yonilgʻi erkin vertikal holatda alanga qilib yonadi. Bunday pechlar ikki xil variantda 
(konvektsiya kamerasiz va konvektsiya kamerali) tayyorlanadi. 7.5-rasmda 
konvektsiya kamerali pechning sxemasi koʻrsatilgan. Gaz gorelkalarini qarab turish 
qulay boʻlishligi uchun silindrsimon radiatsiya kamerasi ustunsimon fundamentga 
oʻrnatilgan. Radiant zmeyevik vertikal quvurlardan payvandlangan kalachalar 
yordamida yigʻilgan. Pech markazining tubiga gaz-mazut gorelkasi oʻrnatilgan. 
Mahsulotning kirishi


7.5-rasm.
s
S rusumidagi quvurli pech sxemasi:
1-gorelka; 2-radiant quvurlari zmeyevigi; 3- karkas; 
4-futerovka; 5-konvektsiya quvurlari zmeyevigi; 
Oqimlar: I-mahsulotning kirishi; II- mahsulotning chiqishi.
va chiqishi pechning yuqorigi qismida amalga oshiriladi. 
SD4 rusumli pechning oʻq buylab kesimi 7.6-rasmda keltirilgan. Ushbu
pech radiatsiya – konvektsiya printsiplari boʻyicha ishlaydi. Radiatsiya


 
7.6-rasm.
s
D4 rusumidagi pech sxemasi:
1-konvektsiya kamerasi; 2- chiqarish oynagi; 3-koʻrib turish oynagi; 4-radiant quvurlari 
zmeyevigi; 5- futerovka; 6-karkas; 7-ikkilamchi havo kiritiladigan kamera; 8-
boʻlaklovchi-tarqatuvchining futerovkasi; 9-havo yoʻli; 10-boʻlaklovchi-tarqatuvchi; 11-
gorelka; 12-havo puflagich. Oqimlar: I-mahsulotning kirishi; II- mahsulotning 
chiqishi; III -tutunli gazlar. 
kamerasining oʻqi boʻylab qirrali egilgan piramida koʻrinishidagi boʻlaklovchi-
tarqatuvchi oʻrnatilgan. Gorelkalar pechning tubiga joylashtirilgan. Boʻlaklovchi-
tarqatuvchi radiatsiya kamerasini bir necha mustaqil issiqlik almashinish zonalariga 
(7.6-rasmda 4 ta zona) boʻladi, natijada radiant zmeyevigining uzunligi boʻylab 


issiqlik kuchlanishini boshqarish imkoniyati paydo boʻladi. Osib qoʻyilgan radiant 
zmeyevigi
silindrsimon kameraning devori boʻylab joylashgan quvurlardan iborat. 
Boʻlaklovchi karkasining ichki boʻshligʻi bir necha havo yoʻllariga ajratilgan. 
Boʻlaklovchi devorining ichida vertikal yoʻnalish boʻyicha ikkilamchi havo oqimi 
uchun toʻgʻri burchakli kesimga ega boʻlgan kanallar mavjud. Ushbu havo oqimlari 
har bir qirrada joylashgan gorelkalarda yonilgʻilarni yoqishga yordam beradi. Har 
bir havo yoʻli burilish shiberlari bilan taʻminlangan. Yonilgʻilardan alanga hosil 
boʻlish jarayoni ushbu shiberlar yordamida xizmat qilish maydonchalarida turib 
boshqariladi. 
Sanoatda GS2, SS, KS, KD4 kabi boshqa rusumdagi quvurli pechlar ham 
ishlatiladi. 
Konvektsiya kamerasi boʻlmagan quvurli pechlarda yoki radiatsiya-
konvektsiya rusumidagi pechlarda, isitilayotgan mahsulotning dastlabki harorati 
nisbatan yuqori boʻlgan paytlarda, pechlardan chiqayotgan tutunli gazlarning 
harorati ham ancha yuqori boʻladi. Bunday holatda issiqlikning koʻplab yoʻqolishi, 
pech foydali ish koeffitsientining kamayishi va yonilgʻi sarfining ortishi yuz beradi. 
Ushbu salbiy holatning oldini olish uchun pechdan chiqib ketayotgan tutunli 
gazlarning issiqligidan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. Buning uchun ikki 
xil yoʻl tutiladi: 1) yonilgʻining yonishi uchun pechga beriladigan 
havo dastlab issiqlik almashgichda (havo isitgichda) tutunli gazlar yordamida 
isitiladi; 2) korxonaning texnologik ehtiyojlari uchun suv bugʻi olish maqsadida 
qozon-utilizatorlar oʻrnatiladi. 

Yüklə 185,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə