O`zbekistonda ilm fan rivoji Bajardi : Aslonov Ahmadjon



Yüklə 15,47 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü15,47 Kb.
#166090
  1   2   3   4   5
Ilm fan rivoji

O`zbekistonda ilm fan rivoji Bajardi : Aslonov Ahmadjon

Reja :

  • 1. Yurtimizda ilm fan rivoji
  • 2. Farobiy , Beruniy ulugbeklarning ilm fanga qo`shgan hissasi
  • 3. Bugungi ilm

Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li

  • Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.

FAROBIY JAMIYAT HAQIDA QARASHLARI

  • Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to‘la o‘zlashtirmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining «quli»ga aylanib qolmadi, balki ko‘p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o‘z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o‘zini namoyon qildi.

Yüklə 15,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə