Talaba amaliyotni o‘tash paytida quyidagi malakalarga EGA bo‘ldi



Yüklə 6,78 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü6,78 Kb.
#154709
Tafsifnoma NAMUNA tayyorlang


Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish ta‘lim yo’nalishi III-bosqich 321-guruh talabasi Abdusalomov Ahmadjon Jahongir o‘g‘liga Angor tumani ,,Zamin Angor klasteri” ma’suliyati cheklangan jamiyati Ishlab chiqarish-texnologik amaliyotini o‘taganlik davrida berilgan
TAVSIFNOMA
Talaba Abdusalomov Ahmadjon Jahongir o’g’li Ishlab chiqarish-texnologik amaliyotini Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tomonidan ishlab chiqilgan, tasdiqlangan amaliyot dasturi bo‘yicha amaliyotni Angor tumani Zamin Angor Klasteri ma’suliyati cheklangan jamiyatida 09.10.2023 dan 04.11.2023 ga qadar o‘tadi.
Talaba amaliyotni o‘tash paytida quyidagi malakalarga ega bo‘ldi.
Qishloq xo’jaligida mashinalar bilan xizmat ko’rsatadigan korxonalar, ularning strukturasi, ularda amalga oshiriladigan kundalik ishlarida faol qatnashdi.
Qishloq xujaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari ularda qo‘llaniladigan qishloq xo’jaligi texnikalarining turlari va texnik tavsifi bilan amaliyot ob’ektida tanishishda qatnashdi;
Qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtirish va yig’ishtirishda texnika yordamida bajariladigan ishlarni tashkillashtirish, tuproqqa ishlov berish, ekishga tayyorlash, ekish, ekin qatorlari orasiga ishlov berish, zararkunandalariga qarshi kurashish, hosilni yig’ishtirish va boshqa ish turlarini bajarishda texnikalarni bevosita ishga tayyorlash, sozlash ishlarini amalda bajardi.
Mashina va agregatlarning vazifasi, tuzilishi, texnologik ish jarayoni, ularga qo’yiladigan agrotexnik talablar va ularni ishga sozlash hamda rostlash jarayonlariga istirok etdi.
Mashinalar va texnologiyalar tizimi, qishloq xo’jalik texnika vositalari va jixozlari hamda o‘lchash asboblaridan foydalanish va ishlatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatishni amalda bajarib o‘rgandi.
Ekin va ish turiga qarab tuproq-iqlim sharoitiga mos texnika vositasi turini tanlash, ularni ishga taqsimlash, ish kuni davomida qayd etib borish jarayonlariga qatnashdi.
Talaba texnikalarni ishlatish va texnik xizmat ko’rsatishda, mashina-traktor parki, dala sharoiti va texnik xizmat ko’rsatish punktida mexnat muxofazasi, texnika xavfsizligi va ichki tartib qoidalariga amal qilish bilan birga yaxshi hulqi o’ziga talabchanligi va ma’suliyatli ekanligi bilan hodimlar orasida yaxshi tassurat qoldirdi.
Talaba Jumayev Abdusalomov Ahmadjon Jahongir o’g’li amaliyot o’tash davridagi faoliyatini yaxshi o‘tadi.


Zamin Angor Klasteri MTP MCHJ rahbari T.Taksenbaev

Amaliyot rahbari R.Halimov
Yüklə 6,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə