O'zbekistonda ko'p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlarstrreplA


Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi



Yüklə 47,73 Kb.
səhifə5/7
tarix19.10.2023
ölçüsü47,73 Kb.
#128201
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEKISTONDA KO\'P BOLALI OILALARNING MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI

Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi

Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o’rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o’rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o’rgangandan keyin ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o’rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy birlashmalar, bog’, tamorqadagi ishga jalb qilish yo’li bilan hal qilsa bo’ladi.


Bolaning oilada tutgan o’rni haqida tasavvurga ega bo’lgandan so’ng ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi” ni tuzish amaliyoti ham mavjud. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug’ilgan sanasi beriladi. Shuningdek oila maqomi, yashash sharoitlari, qo’shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi.
“Xarita”ning ilovasida oilada bola tarbiyasini o’rganish deb nomlangan qismi ham mavjud, unda ota-onalar bola bilan qancha vaqt va qanday o’tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratligi, vaqtni ota-onalar o’z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o’z aksini topadi. Masalan-bola nimaga qiziqadi, nimalarni o’qiydi, kimlar bilan do’stlashgan, uning sog’ligi qanaqa va sh.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniqlash juda muhimdir.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar-kattalarning o’zaro munosabati, kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug’i asosida quriladimi. Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kim bilan sizlashishi, unga nima yoqishi-yoqmasligini aniqlashi lozim.
Ijtimoiy pedagog birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to’qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo’lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham kiritib qo’ydi.
Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari bilan duch keladi.
Bular:
-kasal bolalar, nogiron bolalar,
-nogironlar, nafaqaxo’rlar, qariyalar,
-foxishabozlik,
-giyohvandlik,
-daydi bolalar,
-ota-onalarning ajralishlari.
SHubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi bu inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda uch asosiy rolni o’ynaydi:
Maslahatchi-oilani ota-onalar va bolalarning o’zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo’yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant-oila qonunchiligi masalasi bo’yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorida rivojlanishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi-bola ota-onalari shaxsiyati (giyohvand, aroqxo’r, bolalarga yomon munosabat)ning to’liq degratatsiyasiga duch kelganda bolani himoya qiladi.
Pedagogik yordam o’z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo’nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam.
Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi masalalar bo’yicha ota-onalarning keng yoritishni ko’zda tutadi:
-ota-onalarning bo’lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik tayyorgarligi;
-bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning o’rni;
-bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona obro’ e’tiborining ahamiyati,
-oilada turli avlodlarning o’zaro munosabati, bolalarga pedagogik ta’sir usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish.
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, ota-onalar bilan ularga maslahat berish orqali, shuningdek esa bola bilan maxsus tarbiyaviy holatlar yaratish orqali o’tkaziladi7.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo’nalishi 2 komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash va korreksiya (to’g’rilash).
Qo’llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan oilalarni psixologik qo’llab-quvvatlashni ijtimoiy pedagogning qo’shimcha psixologik ma’lumot bo’lganda amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo’llab-quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali bo’ladi. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o’rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilib muammoni o’rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarining nizoga olib keluvchi ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo’ladi.
Shaxslararo munosabatlarning korreksiyasi asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy zo’rlik bo’lganda qo’llanadi. Ruhiy zo’rlik bola asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. YAqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan. Bunaqa zo’rlikka bolani qo’rqitish, uni haqorat qilish, g’ururini poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farqli o’laroq korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko’rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga ular o’rtasidagi munosabatlarni bilishga ko’maklashishdir8.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo’nalishi uch komponentdan iborat: tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o’z ichiga xayriya auksionlari o’tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo’jaligini yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:

  1. Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish,

  2. Bolalikka olish,

  3. Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.

Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha axborot bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin.



Yüklə 47,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə