O'zbekistonda ko'p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlarstrreplA



Yüklə 47,73 Kb.
səhifə4/7
tarix19.10.2023
ölçüsü47,73 Kb.
#128201
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEKISTONDA KO\'P BOLALI OILALARNING MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI

Oilaning ijtimoiy maqomi
Oilaning jamiyatda moslashuvining ko’rsatgichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to’rtta maqomi mavjud bo’lib, ular: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyat-rol maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom-oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko’rsatgichlarini o’z ichiga oluvchi moddiy ta’minotlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o’rta va past bo’lishi mumkin.
Yuqori-daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
O’rta-holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladi, biroq dam olish ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past-daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to’lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik (ruhiy) maqom-bu oilaning psixologik iqlimi. Yaxshi iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko’pligida emotsional noqulayliklarda namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom-ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni saqlab qolish va o’tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari.
Vaziyat-rol maqomi-bolaga munosabat xarakteri
Oilaning ijtimoiy moslashuv bo’yicha tadqiqot o’tkazish uchun ijtimoiy pedagogika uning xususiyatlarini bilishi, ularga baho berish lozim. A.Q.Minavarovning fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uch yo’nalishda bo’luvchi uning tuzilmasiga bog’liq5.
Bu yo’nalishlar demografik-ko’pbolalik, kambolalik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo’lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o’ziga xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi to’rtta asosiy kategoriya asosida shakllanadi:
Yaxshi oilalar-o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi ehtiyojlariga tez ko’nikishadi. Muammo paydo bo’lib qolsa ularga bir karra yordam ko’rsatish kifoya.
Tavakkalchi oilalarda adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj sezadilar.
Muvaffaqiyatsiz oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo’lib, ular o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib pedagog ularga ta’lim, psixologik yordamlar ko’rsatadi.
G`ayri ijtimoiy oilalar-bu oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda ota-onalar g’ayriaxloqiy va g’ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan albatta hech kim shug’ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagogni bu oilalar bilan ishlaganda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi darkor6.



Yüklə 47,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə