Mavzu: Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/4
tarix20.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#129169
  1   2   3   4
o\'qituvchi kreativ pedagogik

Mavzu: Hozirgi zamon o’qituvchisining kreativ pedagogik faoliyati.

Reja:

  • 1. Hozirgi zamon o’qituvchisining kreativ pedagogik faoliyati
  • 2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli.
  • 3. O’qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi
  • 4. O’qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi

O’qituvchi – pedagogik va psixologik jihatdan o’z ixtisosligi bo’yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir.

  • O’qituvchi – pedagogik va psixologik jihatdan o’z ixtisosligi bo’yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir.
  • O’qituvchi ta’lim jarayonida o’qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g’oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Hozirgi kunda o’qituvchining pedagogik mahoratida “Bilish, tushunish, qo’llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan. Shaxsga ta’lim–tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim ahamiyatga molik bo’lgan omil ekanligi ta’kidlanadi.
  • O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilgan.
  • Bugungi kun o’qituvchisiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqda.

Zamonaviy o’qituvchi ta’limni qanday tashkil etishi zarur?
Avvalo u o’z mutaxassisligi bo’yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi.
Pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o’quvchilar o’quv faoliya­tini faollashtiruvchi metodlarni qo’llashi, o’quv mashg’ulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalarining so’nggi yutuqlarini uyg’unlashtirish malakasiga ega bo’lishi.
Ta’lim muassasalarida fanlarni o’qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olishi.
Ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi.
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatla­rida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg’or tajribalarni amalda modernizatsiya qilgan holda qo’llashi.
O’rta Osiyo mutafakkirlarining pedagogik qarashlari va ma’naviy meroslaridan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda foydalana olishi.
Darsning barcha turlarida, mashg’ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’qitish metodlaridan foydalanishi.
O’qitadigan fan turkumi bo’yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o’qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo’lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar namoyon bo’lishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarni ifodalaydi):
O’qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.
O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi shart.
O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o’z faoliyati tashkil etishi kerak.
O’qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.
O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi davr talabidir.
O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) chuqur o’zlashtirib olishga erishishi lozim.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə