Mavzu: Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#129169
1   2   3   4
o\'qituvchi kreativ pedagogik

O’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarida bevosita o’qituvchi rahbarligida o’rganilgan o’quv materiallaridan murakkab savollarni takrorlash va tizimlashtirish asosida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to’ldiriladi va o’rganilayotgan yangi mavzuning muhim g’oyalari ochib beriladi. O’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarini o’qituvchi o’rganilgan mavzuning, bo’lim yoki o’quv kurslarining yakunida o’tkazadi.

  • O’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarida bevosita o’qituvchi rahbarligida o’rganilgan o’quv materiallaridan murakkab savollarni takrorlash va tizimlashtirish asosida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to’ldiriladi va o’rganilayotgan yangi mavzuning muhim g’oyalari ochib beriladi. O’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarini o’qituvchi o’rganilgan mavzuning, bo’lim yoki o’quv kurslarining yakunida o’tkazadi.
  • Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi egallangan bilimlarni o’quvchilar tomonidan mustahkamlash hamda amaliyotda qo’llay olish bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslarda amalga oshiriladi. Yangi mavzularni o’rganishda davom ettiriladi. Bunda o’qituvchining vazifasi o’quvchilarning nazariy bilimlar asosida egallagan malaka va ko’nikmalarini, hayotiy amaliyotlarida turli vaziyatlarda qo’llashni o’zlashtirib olishlarini nazorat qilishdan iborat.
  • Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida o’qituvchi o’quvchilarning fanlar yuzasidan o’zlashtirgan bilimlarini egallash, ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini, o’quv materiallarining o’zlashtirishdagi kamchiliklarini aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarni bajarish yo’llarini belgilab olishiga yordam beradi.

O’qituvchi darsga tayyorgarlik ko’rar ekan, asosiy maqsadga erishish uchun quyidagi talablardan foydalanib, o’z imkoniyatlariga erishishi lozim:
- ta’limiy;
- tarbiyaviy;
- rivojlantiruvchi.
Ta’limiy talablarga har bir darsning ta’limiy vazifalarini aniq belgilash, darsni turli axborot vositalari bilan boyitish, yangi o’rganilayotgan mavzuni ijtimoiy hayot bilan, turmush tarzi bilan bog’lab mazmunan boyitish va optimallashtirish, so’nggi pedagogik texnologiya yutuqlaridan oqilona foydalanish, turli ta’lim shakli, metodlari va ko’rinishlarini qo’llash, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, darsni yuksak pedagogik mahorat talablari asosida o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Tarbiyaviy talablardan asosiy maqsad, dars jarayonida o’qituvchi tomonidan yangi o’quv materiali asosida egallangan bilimlardan tashqari uning tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatni his etish, intizomlilik, erkin fikr yuritish, qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollikni shakllantirishdir.
Rivojlantiruvchi talablar dars jarayonida o’qituvchi o’z imkoniyatlarini o’quvchilarda o’quv-bilish faoliyatining ijobiy sifatlariga nisbatan qiziqishni oshirishga, ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirishga hamda o’quvchilarning mudroq qobiliyatlarini uyg’otishga, ong va tafakkurlarini dars jarayonida shakllantirishga qaratadi.
Ta’lim jarayoni o’qituvchi ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan o’qituvchilik mahorati hech qachon bir yo’nalishda qotib qolmasligi kerak. O’qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati jamiyatda fan olamida ro’y berayotgan yangiliklar hodisalar bilan doimo chambarchas bog’langan holda shakllanib boradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlar ta’lim sohasida o’qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo’ymoqda. Zamonaviy ta’lim o’qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:
- o’z mutaxassisligi bo’yicha eng so’nggi bilimlardan xabardor bo’lib borish, ta’limni pedagogik texnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib amaldagi o’quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
- ta’limda o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib o’z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;
- o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini xisobga olgan xolda, ular tomonidan bilimlarni puxta o’zlashtirilishiga sharoit yaratish;
- o’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan o’quv fanlarining o’zaro aloqadorlini ta’minlash;
- ta’limni tarbiyaviy jarayon bilan o’zaro aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;
- o’quv tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida ta’limning emotsionalligini ta’minlash;
- kompyuter va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so’nggi yutuqlaridan xabardor bo’lib borish;
- ta’limda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o’rganib borish;

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə