Mavzu: Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar


Dars –ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo’lib, unda sinf dars tizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o’qituvchi tashkiliy tartibni va o’quv ishlarining muntazamligini ta’minlaydi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#129169
1   2   3   4
o\'qituvchi kreativ pedagogik

Dars –ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo’lib, unda sinf dars tizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o’qituvchi tashkiliy tartibni va o’quv ishlarining muntazamligini ta’minlaydi.

  • Dars –ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo’lib, unda sinf dars tizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o’qituvchi tashkiliy tartibni va o’quv ishlarining muntazamligini ta’minlaydi.
  • Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shaklidir. O’qituvchining o’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati dars jarayonida namoyon bo’ladi.
  • O’qituvchi darsda bir xildagi muayyan tayyorgarlikka ega o’quvchilar sinfi bilan faoliyat olib boradi. Darsda o’qituvchi o’ziga tegishli mutaxassislik fanining ma’lum bir reja asosida belgilangan mavzusi bo’yicha ishlaydi. Bilimlarni ta’lim metodlari asosida o’quvchilar ongiga singdiradi, o’quvchilarning olgan bilimini muntazam ravishda baholab boradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyatlari paydo bo’ladi.
  • Darsda o’qituvchi rahbarligida har bir o’quvchining bilim olish xususiyatlari inobatga olinadi, o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
  • Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuniga, darsning didaktik maqsadiga, o’quvchilar va sinf jamoasining xususiyatlariga bog’liq.

Aralash (kombinatsiyalashgan) darslar, yoki murakkab tuzilishga ega bo’lgan ushbu dars jarayonida o’qituvchi quyidagi kombinatsiyani qo’llashi mumkin: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni o’rganish, bilimlarni mustahkamlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o’rganish) darsida o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, o’qituvchi darsning tuzilishi va olib borilishini quyidagicha ta’minlaydi: yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash, o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darsida o’qituvchi darsning asosiy mazmunini ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashga qaratadi. O’qituvchi asosiy e’tiborni o’rganilgan mavzularni takrorlash tarzida mashg’ulot olib borishga qaratadi. Tuzilishi bo’yicha bunday darslarni o’qituvchi quyidagi bosqichda tashkil etadi: o’quvchilarning bilish qobiliyatini va tafakkurini tekshirish, og’zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish, uyga vazifa berish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə