O’zbekistonda moliya bozorini shakllanishi va rivojlanishi


Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli



Yüklə 41,34 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü41,34 Kb.
#137441
1   2   3   4   5   6
O’zbekistonda moliya bozorini shakllanishi va rivojlanishi-fayllar.org

1.2. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati
uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta'minlanishi. bilan
bog'liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
• iqtisodiyotning real sektoriga .investitsion moliya resurslarni
samarali jalb qilinishi;
• kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimianishi;
• davlat budjetiga xizmat ko'rsatishi, uning kamomadi
(defitsiti)ni qoplash uchun pul mablag'larini samaralijalb qilinishi;
• iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida
baholanishi;
• inflatsiya sur'atlari va valuta kurslari o'zgarishiga operativ ta'sir
kQ'rsatilishi;
• davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va
mutanosiblikda olib borilishi;
• mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta
taqsimlanishi;
• jahon globallashuvijarayonlariga miIliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
Moliya bozorining iqtisodiyotdagi funksiyasi asosida uning o'rni
va rolini makroiqtisodiy pozitsiyadan ko'rish muhim aharniyatga ega.
Ma'lumki, mamlakatda tayyor mahsulotlar (xizmatlar)ning
umumiy taklifi (Y) xarajatlar komponentlari orqali topilishi
mumkin, ya'ni
Y=C+I+X-M+TR.
Ushbu ifodadagi parametrlarni quyidagicha belgilab olamiz:
C+I=A (absorbsiya), Y-C=S (milliy jamg'armalar),
X-M+TR=CAB (marnlakatningjoriy to'lov balansining hisobi.
N atijada, quyidagi ifodalarni olish mumkin:
Y-A=S-I va S-I= CAB.
13
Bu tengliklar mamlakatda daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi
ichJti makroiqtisodiy disbalansni tashqi disbalans bilan bog'liqligini
bildiradi. Ikkala disbalans ham jamg'armalar va investitsiyalar
o'rtasidagi disbalansga olib keladi, demak, ular iqtisodiy o'sishning
asosiy omillaridan hisoblanadi'. Bunda esa moliya bozorining qisqa
va uzoq muddatli iqtisodiy o'sishni ta'minlashdagi roli beqiyosdir.
Chunki aynan moliya bozori yordamida jamg'armalar shakllanadi
(akkumulatsiyalanadi) va ular samarali investitsiyalarga tranformatsiyalanadi
(aylanadi).
Qisqa davr ichida iqtisodiy o'sish moliya bozori orqali mavjud
moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hisobiga erishiladi.
Ammo uzoq muddatli davrda iqtisodiy o'sish ish lab chiqarish
quvvatlarini investitsiyalar hajmini kengaytirish yo'li bilan
modernizatsiyalashuvi va oshirilishini talab etadi. Makroiqtisodiy
barqarorlik sharoitida investitsiyalarga bo'igan talab esa moliya
institutlari yordamida ichki va tashqi jamg'armalar hisobiga
qoplanadi.
Bundan ayon bo'ladiki, moliya bozori moliyaviy resurslar
(jamg'armalar)ni iqtisodiyotda samarali taqsimlash va qayta
taqsimlash funksiyasini amalga oshiradi va iqtisodiyot holati .. barometri
» rolini bajaradi.
Iqtisodiyotda moliyaviy oqimlar inflatsiya va foiz stavkasiga
bog'liq holda moliya bozori orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Bunda inflatsiya va foiz stavkasi moliya bozorining
muvozanat holatiga ta'sir ko'rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga asosan, makroiqtisodiy muvozanatni mos
ravishda quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
S = J (ushbu balansga rioya qilinganda umumiy talab va taklif
o'rtasida tenglikka erishiladi, ya'ni
S=Y-A-X=J,
bu yerda, A=C+G - absorbsiya; Y-A - ichki jamg'armalar;
X - manfiy ishorali tashqi jamg'armalar), MV = PT.
Ushbu tenglamalar bilan ifodalanadigan makroiqtisodiy
muvozanat moliya bozori holatida o'z aksini topadi, ya'ni bozor
I OnLIT Pa:JBHTHII IPHHaHcoBoA H IPHCKaJlbHOA CHCTeMbi H npHBJle'leHHR
nplIMbiX HHOCTpaHHblX HHBeCTHUHA B BOCTO'lHOA AIRH: YPOKH H peKOMeH.
uaUHH. C60pHHK 1JlYllOB MOJJ.}'leHbIX 3. TpyumH, Ll. MY33$1POB, E. ellOPOIk1,
r. IlblAKllH6aeBa. AnMaTbl, 2001, CTp. 74.
14
iqtisodiyotning holatini ekvivalent tarzda aks etadi. Boshqacha qilib
aytganda, moliya bozori iqtisodiyotning «egiz analogi» sifatida
namoyon bo'ladi. Shuning uchun moliya bozori iqtisodiyotning
«barometridir».
Aytilganlar asosida moliya bozoridagi muvozanatni gipotetik
tarzda quyidagi muvozanat tenglamasi bilan ifodalash mumkin:

Yüklə 41,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə