O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi


Klinkerlarning sinflanishi va portlandsement turlari



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə25/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reja

Klinkerlarning sinflanishi va portlandsement turlari.


S.D.Okorokov klinkerlardagi asosiy minerallar yig'indisini C3S+C2S=75%; C3A+C4AF=25% deb qabul qilib, klinkerlarning quyidagicha sinflanishini taklif qildi (6-jadval).
Agar klinker birdaniga ko'p miqdorda silikatli minerallar yoki eruvchan minerallar yig'idisidan iborat bo'lsa, ular misol uchun alit-alyuminatli, belit- alyuminatli va hokazo deb ataladi yoki klinker mineralogik tarkibini o'zgartirib ular asosida turli qo'shilmalar bilan sement tayyorlansa, turli qurilish xossalariga ega bo'lgan gidravlik bogiovchi moddalarni tayyorlash mumkin.

6-jadval.
Klinkerning mineralogik tarkibiga qarab nomlanishi.

Klinker

Taxminiy miqdor, %

C3S


C2S


C3A


C4AF


Alitli

60
ko'pi bilan


15
kamida




Normal (alit


miqdoriga ko'ra)


60 - 37,5


15 - 37,5








Bclitli

37,5 kamida

37,5 ko'pi


bilan




Aluminatli






15 ko'pi bilan

10 kamida


Normal
(aluminatli miqdoriga ko'ra)






15 - 7

10 - 18

Selitli







7 kamida


18 ko'pi bilan



Hozirgi kunda portlandsementning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqarilmoqda:
l.Tarkibida 30-70% donador domna toshqoli bo`lgan portlandsement. 2.Tarkibida 20-45% pussolan qo'shilmasi bo'lgan pussolan portlandsement. 3.Tez qotuvchan portlandsement.
  1. Plastik va gidrofob portlandsement.


  2. Tarkibida ko'pi bilan 50% C3S va 5% C3A bo'lgan sulfatga chidamli portlandsement.


  3. O'rtacha ekzotermiyali portlandsement. 7.Oq va rangli portlandsementlar.




Mavzu: PORLANDSEMENT TEXNOLOGIYASI

Reja:



  1. Xomashyo materiallari va yoqilg`i.


  2. Portlandsement ishlab chiqarish usullari.


  3. Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xomashyo aralashmasini tayyorlash.

Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko'p bo'lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid hamda temir oksid bo`lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va asosan domna toshqollaridan, nefelin chiqindilaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfosement va SO2 gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sulfat kislota kam ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo`lga qo'yilgan.
Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chi-qaruvchi sanoatda hosil bo`ladi. Uning tarkibida 25-30% SiO2; 2-5% A12O3; 3-5% Fe2O3; 50-58% CaO va 3-8% boshqa oksidlar, chunonchi, 1,5-3% ishqorlar bor. Tarkibida shuncha CaO bo`lgan materialga 15-20% ohaktosh qo'shib, portlandsement ishlab chiqarish uchun xomashyo aralashmasini tayyorlash mumkin.
Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20-30% ga oshiradi va yoqilg'i sarfini 25% ga kamaytiradi.
40-50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo`lgan domna toshqollari ham portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Hozircha ular ko'p miqdorda ishlatilmaydi, lekin ular asosida yirik portlandsement ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin.
Gil suvda osongina ivib, bo'shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog' jinslaridan iborat. Ular bitta konning o'zida mineralogik va granulometrik (donadorlik) tarkibi jihatidan juda xilma-xil bo`lishi bilan farq qiladi. Ko'pincha gil tarkibida ko'p miqdorda tog` jinslari, ularning siniq parchalari mayda dispers kul hosil qilish yana shuning uchun zarurki, kul qancha mayda bo'lsa, klinker uni batamom singdirib oladi va kul unda tekis joylashadi. Yoqilg'i 009 raqamli elakda 8-10% qoldiq qolguncha maydalab tuyilishi kerak.
Serkul yoqilg'i juda mayda tuyilishi zarur. Zavodga kelgan yoqilg'i ko'pincha ancha nam bo'ladi. Shuning uchun u bir marta quritib olinadi. Yoqilg'ini quritish tuyayotgan vaqtda yoki tuyishdan oldin bajariladi. Bir yo'la ham tuyib, ham quritish eng foydali va unumli usuldir.

Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə