O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi


Smenttosh va betonlarning kimyoviy hamda fizik emiruvchi omillar ta’siriga chidamliligi



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə28/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org

Smenttosh va betonlarning kimyoviy hamda fizik emiruvchi omillar ta’siriga chidamliligi.

Reja: 1.Portlandsementning mustahkamligi



2. Sementtosh va betonlarning kimyoviy hamda fizik yemiruvchi omillar ta`siriga chidamlilgi
Portlandsementning pishiqligi namunalarning siqilishdagi va egilishidagi mustahkamlik chegerasi bilan ifodalanadi. Markalar o`lchami 4x4x16 sm bo`lgan tayoqchalarning esa egishdagi mustahkamlik chegarasiga, yarim tayoqchalarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab belgilanadi. Bu namunalar og` irlik bo`yicha 1:3 nisbatda tayyorlangan plastik sement qorishmasidan yasalib, 28 kun qotiriladi va shundan keyin sinaladi.
28 kun qotirilgan namunaning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi sementning faolligi deb ataladi, marka shu ko`rsatkichga qarab belgilanadi. Agar sementning faolligi 54,6 MPa bo`lsa, uning markasi 500 qilib belilanadi. Sementning mustahkamligidan mumkin qadar to`la foydalanish uchun uning faolligini hisobga olish kerek.
Portlantsement uchun 300, 400, 500, va 600 markalar belgilangan.
Qotayotgan portlandsementning mustahkamligi vaqt bo`yicha bir tekis ortmaydi. Portlandsementdan tayyorlangan beton 3 kun davomida qotgandan so`ng uning mustahkamligi shu marka uchun belgilangan 28 kunlik mustahkamlikning yarmiga yetadi, mustahkamlikning qolgan yarmiga esa 25 kundan keyin erishiladi. Biroq portlandsement asosida tayyorlangan betonning 28 kunda erishilgan mustahkamligi boshqa xil gidravlik bog`lovchi moddalardan tayorlangan betonlarniki kabi oxirgi mustahkamlik bo`lib hisoblanmaydi, u eng yuqori mustahkamlikning o`rta hisobda 50% ni tashkil etadi. Qulay sharoitda bir necha yil davom etgan mustahkamlanish shu markaga xos mustahkamlikdan ba’zan bir necha marta ortiq bo`lishi mumkin.
Qotishmaga qo`shiladigan suv miqdori va sementning mayda-yirikligi portlandsementning mustahkamligiga ta’sir etadi. Sement qotishmasiga suv qancha ko`p qo`shilsa, undan tayyorlangan namunaning mustahkamligi shuncha past bo`ladi.

Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə