O‘zbekistondа tа’lim sohаsidаgi islohаtlаrning ustuvor yo‘nаlishlаri Reja Kirish


Mamlakatning davlat va nodavlat ta’lim tizimi



Yüklə 497,07 Kb.
səhifə4/12
tarix30.12.2023
ölçüsü497,07 Kb.
#166859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi tayyor1

2. Mamlakatning davlat va nodavlat ta’lim tizimi
Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.
O‘zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Mamlakatimizda ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, bu ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:

Maktabgacha ta’lim va tarbiya


Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim





Professional ta’lim


Oliy ta’lim





Oliy ta’limdan keyingi ta’lim


Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Maktabdan tashqari ta’lim

1-chizma. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi turlari.
Manba. https://lex.uz/acts/-48401
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi o‘n bir yillik umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (I-XI sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-hunar ta’limi dasturlarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistratura) ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olingan.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda oliy ta’lim tashkilotlari soni 119 tadan 191taga yetdi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta`lim bilan qamrab olish darajasi 2022- tilde 9 foizdan 28 foizga ko`tarildi. 2030 yilda esa 50 foizga etkazish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, davlat grantlari 2 barobarga ko`paytirish mo`ljallangan.
2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalari soni 194 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020 o‘quv yili boshiga nisbatan 103 taga oshganini ko‘rish mumkin. Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

Yüklə 497,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə