O‘zbekistondа tа’lim sohаsidаgi islohаtlаrning ustuvor yo‘nаlishlаri Reja Kirish


O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 497,07 Kb.
səhifə7/12
tarix30.12.2023
ölçüsü497,07 Kb.
#166859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi tayyor1

3. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Mamlakatimizda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish orqali amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, o‘quv rejalari va dasturlari mazmuni hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha soatlar taqsimotini kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari asosida shakllantirish, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini iqtisodiyotning real sektori, shuningdek hududiy (viloyat, tuman, shahar, mahalla, hududiy obyekt) muammolardan kelib chiqib shakllantirish hamda mavzularni tor qamrovda chuqur tadqiq qilishga o‘tish va oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari aloqalarini mustahkamlash hamda klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish shuningdek, ishlab chiqarish rivojlangan hududlar va iqtisodiy zonalarda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarning tegishli soha bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda ta’lim jarayonidan tashqari vaqtda mehnat faoliyati olib borishlariga shart-sharoit yaratish, ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yo‘nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash va boshqa shu kabi islohatlar qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyllari deb quyidagilar belgilangan:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
- umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

Mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos usulidan foydalaniladi ya’ni kadrlar tayyorlashning milliy modelidan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:


shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
Ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
- ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
- ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;
- ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
- ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
- ta’limning milliy yo‘naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
- ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta’lim sohasida islohotlar amalga oshirilmqda va bularga ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirishni, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirishni, ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan o‘zgartirishni, majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlashni, maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o‘quv muassasalarini vujudga keltirishni kiritishimiz mumkin.
Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi:
1. turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojni shakllantiradi;
2. o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi;
3. muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi;
4. ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
5. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeyini kuchaytirish quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
6. ta’limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qo‘shib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
7. kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;
8. ta’lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma’naviy va jismoniy tarbiyalash);
9. ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
10. ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;
11. o‘zaro integratsiyalangan ta’lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Shuningdek, malakali kadrlar tayyorlashdagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo‘ldi.


Yüklə 497,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə