|
O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidanBirinchidan,
kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot
bilan to‗lash sharti qo‗yildi.
Ikkinchidan,
rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH
dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‗yish talab qilindi.
Uchinchidan,
O‘zbekistonda
muomalada bo‗lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 1993-yil namunasidagi
rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‗yildi.
To`rtinchidan,
birorta shart
bajarilmay qolsa, tovon puli to‗lash majburiyati belgilandi.
Beshinchidan,
O‘zbekiston
Markaziy banki Rossiya Markaziy bankiga hisobot berishi, ya‘ni tobe bo‗lishi kerak edi.
O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‗lolmas edi, rozi bo‗lmadi ham. Shu boisdan
muomalaga yangi milliy valuta kiritish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta
og`a― ning o‗yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko‗rib qo‗ygan edi. 1992-yildayoq
muomalaga chiqarishga mo‗ljallangan so‗m-kupon nusxalari tayyorlab qo‗yilgan edi. Nihoyat,
1993-yil 1-noyabrda O‟zbekistonda so`m-kupon muomalaga kiritildi,
uning kursi oldin
muomalada bo‗lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi
qo‗lidagi rubl namunasidagi pullarini jamg`arma banklari orqali so‗m-kuponga almashtirish
ta‘minlandi. So‗m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda,
degan mishmishlar ko‗paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Toshkent bozorlarida bir kg
go‗sht 25 ming so‗m-kupongacha ko‗tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‗rdi.
Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston
rahbariyati so‗m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish
tadbirlarini ko‗rdi.
1994-yil 16-iyundagi ,,O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish
to‗g`risida―gi Prezident farmoni va Yazirlar Mahkamasining qaroriga binoan
Dostları ilə paylaş: |
|
|