35
Konstitutsiya O`zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishiga qonuniy asos soldi.
O`z ona vatanining mustaqil davlat bo`lishi va bunga erishish uchun
asrlar davomida iztirob
chekib, muntazam kurashib kelgan O`zbekiston xalqi o`z maqsadiga erishdi, o`z davlatchiligiga
o`zi ega bo`ldi.
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo`lib, shaxs, jamiyat va davlat o`rtasida
vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga
ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o`z mazmun - mohiyatiga
ko`ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o`zida namoyon etadi.
O`zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo`lib o`tgan ikkinchi sessiyasida
qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya
komissiyasi
tuzildi. Komissiya
tarkibiga
davlat idoralari
va jamoat
tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O`zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan
qarori bilan Konstitutsiya
komissiyasi tarkibi qisman o`zgardi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov
raisligida bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari
muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek,
yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi.
O`zbekiston Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O`zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining akademigi SH.Z.O`razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.
Reja bo`yicha 1991 yil avgust oyida Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov
Konstitutsiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―O`zbekistonning
yangi Konstitutsiyasi
konsepsiyasining loyihasi to`g`risidagi ma‘ruzasida ishchi guruh oldiga qo`yilgan vazifalarni
bajarishda jahon tajribasini o`rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson
huquqlari
borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlarini hisobga
olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo`lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik
hujjat yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab o`tdi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning a‘zosi akademik SH.Z.O`razayev quyidagilarni qayd
qilgan: ―Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitutsiya loyihasini
tayyorlash bo`yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o`qib
chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g`oyat
ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko`ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni nihoyatda
hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga
va u bo`yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy
komissiyaning raisi
loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga o`z qo`li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi,
ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko`rsatar edi. Prezident –
o`ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko`pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o`ziga
nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta
qismini o`z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari
ham shu tariqa o`tardi (
Dostları ilə paylaş: