O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

1994-yil 1-iyuldan 
boshlab milliy valuta – so`m muomalaga kiritildi. 
1 so‗m kursi 1000 so‗m-kuponga 
tenglashtirilgan holda joriy qilindi. 
Milliy valuta – so‗m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 
1,3,5,10,25,50,100 
so‗m bo‗lgan bank qog`oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi. 
Aholi qo‗lidagi so‗m-kuponlar jamg`arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. 
Keyinroq 
200, 500, 2001 yilda 1 000, 2013 yilda 5 000, 2017 yilda 10 000 va 50 000, 2019 
yilda 100 000 
so‗mlik qog`oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil 
miqdordagi tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi. 
―Milliy valuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. 
Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir(
I.Karimov. Asarlar. 3-jild, 331-bet.
). 
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‗ldi. 
O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‗zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda 
mustaqil yuritadigan bo‗ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay 
imkoniyat yaratdi. 2003-yil 15-oktabrdan boshlab, so‗m qisman konvertatsiyalanadigan valuta 
maqomiga ko‗tarildi. 
2.
 
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni. 
Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O`zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini 
mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo`lib xizmat qiluvchi hujjat 
hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining 
asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va 
boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi 
siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitutsiyada o`z ifodasini topgan. 


35 
Konstitutsiya O`zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishiga qonuniy asos soldi. 
O`z ona vatanining mustaqil davlat bo`lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob 
chekib, muntazam kurashib kelgan O`zbekiston xalqi o`z maqsadiga erishdi, o`z davlatchiligiga 
o`zi ega bo`ldi. 
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo`lib, shaxs, jamiyat va davlat o`rtasida 
vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga 
ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o`z mazmun - mohiyatiga 
ko`ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o`zida namoyon etadi. 
O`zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo`lib o`tgan ikkinchi sessiyasida 
qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat 
Konstitutsiya 
komissiyasi 
tuzildi. Komissiya 
tarkibiga davlat idoralari 
va jamoat 
tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiya 
komissiyasi tarkibi qisman o`zgardi. 
Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov 
raisligida bo`lib o`tdi. 
O`zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari 
muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek, 
yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. 
O`zbekiston Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O`zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasining akademigi SH.Z.O`razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi. 
Reja bo`yicha 1991 yil avgust oyida Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov 
Konstitutsiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―O`zbekistonning yangi Konstitutsiyasi 
konsepsiyasining loyihasi to`g`risidagi ma‘ruzasida ishchi guruh oldiga qo`yilgan vazifalarni 
bajarishda jahon tajribasini o`rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson 
huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlarini hisobga 
olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo`lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik 
hujjat yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab o`tdi. 
Konstitutsiyaviy komissiyaning a‘zosi akademik SH.Z.O`razayev quyidagilarni qayd 
qilgan: ―Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitutsiya loyihasini 
tayyorlash bo`yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o`qib 
chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g`oyat 
ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko`ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni nihoyatda 
hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga 
va u bo`yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi 
loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga o`z qo`li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, 
ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko`rsatar edi. Prezident – 
o`ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko`pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o`ziga 
nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta 
qismini o`z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari 
ham shu tariqa o`tardi (

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə