O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Davlat madhiyasi 
ham mavjud. 
Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat o`z madhiyasiga ega. Umuman, madhiya 
haqida so`z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va nima sababdan 
bo`lganligini bilib olish muhim. Madhiya – grekcha ―madhiya so`zidan olingan bo`lib, u 
dasturiy xarakterdagi she‘rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma‘nosida qo`llaniladi. 
Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo 
madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi. 


33 
Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat 
bayrog`i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi. 
Xuddi, shuningdek, O`zbekiston ham mustaqil davlat sifatida o`z davlat madhiyasiga ega. 
O`zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla 
Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalangan. 
Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari 
bekamu ko`st o`z ifodasini topdi. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublika- 
sining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi O`zbekiston 
Respublikasi 
davlat 
suverenitetining 
ramzidir. O`zbekiston 
Respublikasining Davlat madhiyasiga zo`r ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasi har bir 
fuqarosining vatanparvarlik burchidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qonunda 
belgilangan vaqt va marosimlarda ijro etiladi. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat 
ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan 
yoki o`zga vokal va cholg`u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish 
vositalaridan foydalanilishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg`u asboblari 
bilan ijro etilgan taqdirda to`liq ijro etiladi, cholg`u asboblarining o`zida ijro etilgan taqdirda esa 
madhiya qisman ijro etilishiga yo`l qo`yiladi - ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan 
aytiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan 
tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog`i lozim. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilganda, agar 
qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo`lsa, hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik 
turib va o`ng qo`l kaftini ko`krakning chap tomoniga qo`yib, harbiy yoki davlatning boshqa 
xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo`lini bosh kiyimiga qo`yib tinglaydi. 
Agar O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O`zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo`lgan 
kishilar unga yuzi bilan buriladi. 
Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya 
O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida 
mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga 
va shaxsan o`ziga bo`lgan hurmatni mustahkamlash demakdir» (

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə