Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya



Yüklə 89,99 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü89,99 Kb.
#151872
  1   2   3   4   5   6   7   8
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi

Byudjet tashkilotlari haqida tushuncha. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining predmeti, maqsadi va vazifalari. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining usullari va funksiyalari.





    1. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning hususiyatlari

Byudjet tashkilotlari davlatning belgilangan vazifasi (ta’lim, sog’liqni saqlash, mudofaa, xuquqni muxofaza qilish va boshqa davlatning tashqi iqtisodiy, ijtimoiy amiyatiga ega bo’lgan vazifalar)ni bajarish





uchun tashkil etilgan xo’jalik sub’ekti bo’lib ular o’z faoliyatini amalga oshirish uchun byudjetdan mablag’ bilan ta’minlanadi.


Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar sarfi asosan byudjet tashkilotlariga mablag’larni yo’naltirilishi hisobiga amalga oshiriladi. Bu mablag’larni maqsadli va oqilona sarflanishini ta’minlash va ular bo’yicha tegishli axborotlarni shakllantirilishi ularda buxgalteriya hisobini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Har bir byudjet tashkilotiga mablag’lar ajratish davlat byudjetidan tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag’larni manbaalarini shakllantirishga ruxsat etilgan. Ya’ni faoliyat turiga mos maxsulot (ish va xizmatlar) ishlab chiqarishdan tushadigan, vaqtichalik bo’sh bino va mulklarni ijaraga berishdan tushgan, xomiylik, shuningdek moliya yili yakunida byudjet mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan va boshqa mablag’lar hisobiga byudjetdan tashqari mablag’lar shakllantiriladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanadi. Ular bo’yicha ham


Buxgalteriya hisobi tarixidan qisqacha
.........Hisobchilikning vujudga kelishi juda qadimgi tarixga borib taqaladi. U dastlab turli o’lchovlarda yuritilgan, jumladan, moddiy boyliklar natural o’lchovlarda, hisob-kitoblar va g’azna – pul o’lchovlarda. Ular bir-biri bilan o’zaro jamlangan holda aks ettirilmagan. Natijada xo’jalikning yuritilishi foyda kabi egri (murakkab) kriteriyalar bilan o’lchanmasdan, balki boylikning o’sishi bilan belgilangan.
XIII asrga kelib hisobchilikning asosan uchta ko’rinishi vujudga kelgan:

  1. kameral hisobchilik (g’azna bo’yicha pul mablag’larini kirimi va chiqimi ro’yxatga olib borilgan);

  2. mulkiy va shaxsiy hisobchilikni o’zida aks ettirgan oddiy hisobchilik (bu debet- kredit printsipi bo’yicha olib borilgan, lekin hali tartibga solinmagan edi);

  3. ikkiyoqlama hisobchilik o’zida shaxsiy mablag’lar bo’yicha hisobchilikni ham aks ettirgan.

........Tijorat korxonalarida ikkiyoqlama buxgalteriyani amaliyotda qo’llash bo’yicha to’liq va batafsil ma’lumotlarni beruvchi buyuk italyan matematigi Luka Pacholining (1445-1517) "Summa de Arithmetica, Geometria, Proportioni et Proportionalita" ("Proportsiyalar va munosabatlar to’g’risida arifmetika, geometriya, ta’limot"), "Tractatus parficularis de computis e scriptures" ("Hisoblar va yozuvlar haqida ta’limot") kitoblarining chiqishi hammasini hal qilib berdi.
Barcha mol-mulklarni va olinishi lozim bo’lgan mablag’larni (debitorlarni) chap tomonga, ularning manbasini esa, o’ng tomonga joylashtirdi. Shu asosda balansning ikki tomoni – aktiv va passiv tomonlari paydo bo’ldi.
...........Ushbu kitoblar hisobchilikning keyinchalik rivojlanishida judda katta ahamiyat kasb etdi. Pacholi ikkiyoqlama buxgalteriyani birinchi bo’lib asoslab berdi, uni keng ko’lamda qo’llanilishi mumkinligini har tomonlama isbotlab berdi. Shu sababli ham uning kitobi dastlab Evropada, keyinchalik butun denyo bo’lab tarqaldi.....
I.A. Maslova, B.G. Maslov va boshq. “Buxgalteriya hisobi tarixi” (“Byudjet va notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” jurnali 2006 yil 19-son)

belgilangan tartibda daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi va ijrosi amalga oshiriladi.


Ma’lumki, buxgalteriya hisobi sub’ektlarning, jumladan byudjet tashkilotlarining rahbarlari o’zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotda byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag’larining maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek tashkilotning mol-mulklari va majburiyatlari bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilishlarida byudjet ijrosi hisobining ma’lumotlariga asoslanadilar.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy maqsadi bu foydalanuvchilarni (ichki foydalanuvchilar hamda tashqi foydalanuvchilarni) zaruriy moliyaviy ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi.
Ichki foydalanuvchilar, ya’ni tashkilotning rahbarlari va mutaxassislari mazkur ma’lumotlar asosida byudjet tashkilotining joriy yilga byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini ijrosini, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar smetalari ijrosini doimiy nazoratga olishi va taxlil qilishi lozim.

Tashqi foydalanuvchilar, jumladan tegishli moliya organlari, soliq organlari, statistika organlari va boshqa tashkilotlar o’zlarining vakolatlari doirasida ushbu hisobot ma’lumotlarini taxlil qilishlari va tekshirishlari mumkin. Bularning natijasida mazkur byudjet tashkilotining oldiga qo’yilgan vazifalarini qay darajada bajarayotganligi va kelgusidagi faoliyati rejalashtirilishi mumkin.


Byudjet tashkilotlaridagi sodir bo’lgan moliyaviy operatsiyalar dastlab hujjatlashtiriladi va ushbu hujjatlar iqtisodiy ma’nosi bo’yicha guruxlanib, tegishli hisob registrlarida aks ettiriladi. Hisob registrlarida aks ettirilgan ma’lumotlar esa, tegishli hisobotlarga ko’chiriladi va taqdim qilinadi. Bu jarayonni uzluksiz ravishda davom etishi byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini shakllanishi to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilishi mumkin (1.1.1-rasm). Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy vazifalaridan quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilinishini ta’minlash;
Dastlabki hujjatlarda aks ettirilgan operatsiyalar va boshqa moliyaviy ma’lumotlar



Yüklə 89,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə