O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

1999. –623-624-б.
). Shuningdek, mamlakatimizda 1998 yilda chop etilgan ilmiy-ommabop 


lug`atda ―Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, 
nishona yoki timsollardir, bular muayyan davlatning bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi va 
madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini 
va boshqa muhim belgilarini anglatadi, - deb ta‘riflanadi (
Qarang: Davlat ramzlari // 
Mustaqillik ilmiy-ommabop lug„at. –T.: 1998. – 45 b.
). 
Har qanday mustaqil davlat singari O`zbekiston Respublikasi ham o`z oliy davlat 
hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitutsiyaning 5-moddasida 
mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog`i, Gerbi va Madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining 
mavjudligi O`zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va 
qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasini qabul 


qilish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tomonidan tayyorlangan loyihalar 
umumxalq muhokamasidan o`tkazildi. Bunda, ayniqsa, Prezident I.A.Karimovning umumxalq 
muhokamasi davomida tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog`idagi uchta asosiy 
ranglarni – moviy, oq va yashil yo`llarni o`z qo`li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini va 
bu O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining qabul qilinishida asos bo`lganligini ta‘kidlash 
joiz. O`zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bo`lib, ularni hurmat qilish, qonunda 
belgilangan tartibda e‘zozlash hamda ulardan faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining 
insoniy va fuqarolik burchidir. Zero, davlat ramzlarini har qanday yo`l bilan kamsitish, 
tahqirlash, qadr-qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda 
tutilgan. 
Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini to`laroq tushunib olish 
uchun, avvalo, ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib olish kerak. Davlat ramzlari 
orasida Davlat bayrog`i salmoqli o`rin tutadi. Chunki u ko`zga yaqqol tashlanib, boshqa 
ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi. 
Davlat bayrog`i – tasviri qonun tomonidan (ko`pincha Konstitutsiya bilan) o`rnatiladigan, biror 
davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, 
suvereniteti ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari 
o`zboshimchalik bilan, ixtiyoriy sur‘atda belgilanmaydi. Ular qonun bilan belgilanadi va ma‘lum 
ramziy ahamiyatga ega bo`ladi. 
Davlat bayrog`i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat muassasalari, 
elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida ko`tariladi. 
Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z davlatining bayrog`ini osib 
qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim- 
uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham 
ko`tariladi. 
Davlatimiz bayrog`i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining ramziy 
belgisidir. Mustaqil 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə