O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i 1991 yil 18 noyabrda



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i 1991 yil 18 noyabrda 
Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonunga 1992, 1999, 
2004 va 2010 yillarda qator qo`shimcha va o`zgartishlar kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari 
mavjud bo‗lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‗lgan eng yaxshi an‘analarni 
davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy 
o‗zligini ham aks ettiradi. 
Bayroqdagi 
moviy rang – 
mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, 
donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, 
o‗z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‗z bayrog`iga bu rangni tanlagan. 
Oq rang 
– tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‗z yo‗lida baland 
dovonlardan oshib o‗tishi kerak. Bayrog`imizdagi oq rang yo‗limizning musaffo va charog`on 
bo‗lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. 
Qizil yo`llar 
– bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik 
ramzidir. 
Yashil rang 
– serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof- 
muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. 
Yarim oy 
– O‘zbekiston xalqining ko‗p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va 
yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. 
Bayrog`imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‗lkamizda qadimdan buyon barkamollik, 
mukammallik timsoli hisoblanadi. 
Darhaqiqat, ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi Qonunning 2- 
moddasida ko`rsatilganidek, ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston 
Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. 
Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog`imiz xalqaro munosabatlarda O`zbekiston 
Respublikasining timsoli bo`ladi. Binobarin, bayrog`imiz xalqaro maydonda O`zbekiston 


30 
Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog`ida, xalqaro tashkilotlarda, 
konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida, sport musobaqalarida ko`tarilib, yurtimizni 
ulug`laydi. ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonunida bayroq 
ko`tariladigan joylar va uning ko`tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qo`yilgan. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy 
ravishda ko`tarilgan holda turadi.O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i unga nisbatan 
lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar 
vaqtida ko`tarilishi mumkin. 
Qonun bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilar: 
O`zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O`zbekiston Respublikasi 
Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, O`zbekiston 
Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun 
hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat 
ro`yxatidan o`tkazish raqam belgilariga; O`zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga 
qo`yiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilardan O`zbekiston 
Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o`quv-tarbiya jarayonida, 
shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi 
mumkin. 
Shuni yodda tutish kerakki, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining elementlarini 
nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l 
qo`yilmaydi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan 
belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
o`tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat 
tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog`iga o`xshash bo`lishi mumkin emas. 
Qonunda bayrog`imizning qanday shakl va ko`rinishda bo`lishi ham aniq ko`rsatilgan. 
Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i - 
bayroqning butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta 
endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 sm.ga, 
kengligi 125 sm.ga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir 
en 40 sm.ga teng. Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 sm.ga teng 
qizil hoshiyalar o`tgan. 
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga 
yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz 
tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning o`rtasidan 70x30 
sm.ga teng to`g`ri to`rtburchakka sig`adigan qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda 
do`ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bo`lib, diametri 30 
sm.li doiraga sig`adi. 
Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig`adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. Yulduzlar 
uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o`rta qatorda to`rtta va 
quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm 
masofada joylashadi. 
Qonunda Davlat bayrog`ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay vaqtda, soat 
nechadan nechagacha, qanday tartibda ko`tarilishi aniq ko`rsatib qo`yilgan. Bunga ko`ra, 
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bayram kunlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan 
belgilangan markaziy ko`chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 
da ko`tariladi va soat 22 da tushirib qo`yiladi. Bayroq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a‘zolari, 
xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida – ovoz berish 
o`tkazilayotgan binolar va xonalarda ovoz berish yoki referendum o`tkazish davrida ko`tarib 
qo`yiladi. U xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, 
boshqa rasmiy 


31 
delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek, 
O`zbekiston Respublikasida bo`lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport vositalarida, 
vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo`nalishi bo`yicha va boshqa tashrif obyektlarida xorijiy 
davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif 
buyurishidan 24 soat oldin ko`tariladi va ular jo`nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida 
tushirib qo`yiladi. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog`i 
ko`tarilsa, qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i (binoning old 
tomoniga qarab turganda) o`ng tomondan, boshqa davlatning bayrog`i chap tomondan 
ko`tarilmog`i kerak. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda 
Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat bayrog`i ko`tarilganda, O`zbekiston Respublikasining 
Davlat bayrog`i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan ko`tarilishi kerak. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning 
bayroqlari ko`tarilganida, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i alohida, qolganlari esa 
o`zbek alfaviti bo`yicha ko`tariladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i boshqa dav- 
latlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda Qoraqalpog`iston 
Respublikasining Davlat bayrog`i ko`tarilganda, Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat bayrog`i- 
ning o`lchami O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining o`lchamidan katta bo`lmasligi 
kerak, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilish balandligi esa Qoraqalpog`iston 
Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilish balandligidan past bo`lmasligi kerak. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) 
xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko`tarilganda O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i 
xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq ko`tariladi. O`zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog`i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan 
bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o`lchamga ega bo`lishi kerak. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning 
uchun maqbul bo`lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bo`lgan dastada, yo bo`lmasa 
flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko`pi bilan 45 gradusli burchak hosil 
qiladigan tarzda ko`tariladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini tayyorlash, saqlash 
va yo`q qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Ko`tarib qo`yilgan O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining matosi yer sathidan 
kamida 2,5 metr balandlikda bo`lishi kerak. Motam munosabati bilan, O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i motamga 
moslab ko`tariladi. Bunday hollarda O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i dastasi yoki 
flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo`lgan kenglikdagi qora tasma 
bog`lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam 
munosabati bilan flagshtokda ko`tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo`lagicha 
tushirib qo`yiladi. 
O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda turgan boshqa 
shaxslar O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini hurmat qilishlari shart. O`zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar 
belgilangan tartibda javobgar bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini behurmat 
qilganlik O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi. 
Mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun bilan o`rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat 
ramzlaridan biri – uning gerbidir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə