O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Karimov I.A. O`zbekiston: 
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 – Toshkent: O`zbekiston, 1996.
). 
Milliy valyuta – so`mning muomalaga kiritilishi. 
Mustaqil, erkin davlatning asosiy 
belgisi, asl poydevori 
– milliy valutadir. 
O‘z valutasiga ega bo‗lmagan davlat o‗z manfaatlarini 
ko‗zlab muslaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‗z taqdirini, 
tashkilotlar, xo‗jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan 
ta‘minlash, pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, 
kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‗lash va undirib olish, foiz stavkalarini 
belgilash lcabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli 
davlatlar ko‗rsatmalariga qaram bo‗lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan 
olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‗tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi. 
Biroq milliy valutaga o‗tish oson ko‗chmaydi, yangi valutani muomalaga kiritish inqilob 
bilan teng. Dunyo tajribasi ko‗rsatadiki, davlatlar o‗z milliy valutasiga erishish uchun uzoq va 
mashaqqatli yo‗llar bosib o‗tgan, bor qudratini safarbar etgan. 
O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma‘lum vaqt, tajriba kerak 
edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston 
mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan 
rubl 
zonasida 
bo‗lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin 
pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi 
boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili 


34 
Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya 
hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda 
rubl zonasida bo‗lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog`iston rahbarlari 
Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbekiston va Qozog`istonni 1993-yilgi yangi 
rubl namunasi bilan ta‘minlashga qaror qilindi. 
Biroq, amalda boshqacha yo‗l tutildi, to‗g`rirog`i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‗z 
manfaati yo‗lida foydalanmoqchi bo‗ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o‗z shartlarini 
qo‗ydi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə