O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


O`zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi -



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

O`zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - 
qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga
(
Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, 
iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: “O`zbekiston”, 1996, 15-b.
). 
Bu fikr Konstitutsiyaning 11-moddasida o`z aksini topgan: ―
O`zbekiston Respublikasi 
davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatiga 
bo`linishi 
prinsipiga 
asoslanadi
(
O`zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi. - T.: O`zbekiston. 2019. 6-bet.
). Hokimiyatlar bo`linishi tamoyilining mavjud 
bo`lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat organlari bir-birini muvozanatda saqlab 
turish va nazorat qilishga yo`l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qo`lida 
hokimiyatning to`planishiga imkon bermaydigan o`zaro munosabatlar tartibi o`rnatiladi. 
Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari - pirovard natijada 
O`zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. 
Demokratiyaning 
murosachilik va yakdillik madaniyati davlat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Jumladan, jamiyat fuqarolari o`rtasidagi munosabatlar qanchalik 
samimiy va iliq bo`lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yo`lida birlashib, muammolarni 
hal etishda oqilona faoliyat ko`rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas‘uliyat chuqur 
his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi. 
Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo davlatlari 
hamjamiyati e‘tirof etgan yo`riqlari mavjud bo`lib, bevosita fuqaroning o`z xohish-irodasini 
erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko`pchilikka bo`ysunishi, barcha fuqarolarning 
millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquqliligi, davlat va 
jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, 
ma‘lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o`zi kifoya qiladimi? Yoq 
albatta. Chunki, har bir xalqning o`z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari, hayotga 
munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning o`ziga xos usuli 
bor. Shu ma‘noda, Islom Karimov Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan 
o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo`lmaydi. Ya‘ni, 
Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy 
o`zgarishlar yasashga urinishlar g`oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni 
G`arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki, 


45 
bunday yo`l bizga aslo to`g`ri kelmaydi. Aslida demokratiyani joriy etishda yurtimizda 
o`zbekona tamoyillar shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta‘kidlagan edi. Bu, 
ikkinchidan, demokratiyaning tashqi siyosatdagi o`ziga xosligini ta‘minlaydi. 
Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish va 
rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor yoki yo`q?! Bir 
tizimdan ikkinchi tizimga o`tayotganda, unga yo`riqnomalar, ko`rsatmalar berish uslubi bilan 
darhol qurib bo`lmaydi?! Bu haqda juda ko`p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik 
jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga 
qodir kuchli milliy davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish 
odimlarini SHo`ro qarashlari bilan o`lchab bo`lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib 
chiqib, o`z nomi bilan mardonavor aytish ayni Yo`lboshchimiz Islom Karimovning siyosiy 
sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish 
irodasi va layoqatidan iborat bo`lgan javobgarlikni yuklaydi. 
O`rni kelganda, ta‘kidlash joizki, rahbar o`zini «demokrat», davlatini esa «demokratiya 
oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, uning davlatida ochlik, 
qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bo`lishi ham hech gap emas?! Bir 
qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bo`la oladi. Bizning 
davlatimizga kelsak, XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi 
o`yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g`oyadan voqelikka aylangan haqiqiy 
demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qo`ygan shahdam qadamlarimiz, bu borada qo`lga 
kiritgan yutuqlarimiz bilan O`zbekiston davlati tanlagan yo`l - demokratik tamoyillar mazmunini 
tashkil etadi. 
Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi 
ham muammolar yechimiga ta‘sir ko`rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston 
munosabatlari to`g`risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik 
to`g`risidagi Bitim imzolanishi bilan demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. 
Mazkur Bitim doirasida Yevropa Komissiyasi O`zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa ko`magi) 
dasturining bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda. 
Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni 
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bo`lib xizmat qilgan. Har bir xalq 
demokratiyani o`z mentaliteti, o`z ko`nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu 
darajada hayotga joriy qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bo`lgan tamoyillar har 
bir davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy 
ongining faolligi bilan bog`liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish 
sur‘atlarini belgilovchi omillar ta‘sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari 
jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin 
emas!? 
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qo`lga 
kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, o`z 
huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na- 
tijasida qo`lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni 
hayotga joriy qilish turli yo`llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili 
doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini 
bemalol erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bo`lib, har qanday davlatning demokratik 
jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta‘kidlaydi. 
Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun‘iy 
ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. 
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yo`lini tanlab jadal sur‘atlarda rivojlanayotgan milliy 
davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va 
amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy o`rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya‘ni, dunyo davlatlari 
demokratiyaga ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bo`lishlari 


46 
va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin. 
Masalan, hayot kechirish G`arb turmush tarziga mos bo`lsa va uni targ`ib etsa, ya‘ni demokratik 
qarashlar bizning mentalitetimizga to`g`ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, 
o`zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli 
madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik 
sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida ko`rib turibmiz! 
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. 
O`zbekiston ham undan chetda emas. Shu o`rinda haqiqiy demokratiyaning soxta 
demokratiyadan farqini anglash bilan bog`liq fuqarolik madaniyatiga ega bo`lish; demokratiya 
niqobi 
ostidagi 
«demokratik o`yinlar»ning, qarashlarning, chiqishlarning 
orqasidan 
ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga to`g`ri kelishi yoki 
kelmasligini solishtirib ko`rishga yetadigan uyg`oq ong va tafakkurga ega bo`lish; aholining 
asosiy qismi demokratiyaga tayyor bo`lishi, unga befarq bo`lmasligi, demokratik ong va 
madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak. 
To`g`ri va haqiqiy bunyodkorlik g`oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari 
orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada 
qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish
yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bo`lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish 
milliy davlatimizning muhim yo`nalishlarini tashkil etadi. O`zligini anglagan xalq mustaqillikka, 
o`z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol ko`zi bilan qaraydi! Jahonda o`ziga xos o`ringa 
va nufuzga ega bo`layotgan O`zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yo`ldan 
bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov. 
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan katta iz qoldirdi. 
Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va 
hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning so`nggi o`n 
yilligi O`zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy o`zgarishlarni yuzaga 
keltirdi. Bu o`n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham 
huquqiy-ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi. 
Mustaqillikning birinchi o`n yilida o`zbek o`zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan 
biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz o`z g`oyasi va 
iymon-e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning 
vorislari sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi
Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xo`ja Ahmad 
Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xo`ja Axror Valiy va boshqa o`nlab alloma-avliyolarning 
teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, 
osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qo`shmog`imiz kerak. 
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson 
kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash
taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil 
Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O`nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari 
tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga ko`ra millatlararo totuvlik 
asosida ishlab turibdi. 
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik 
zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar 
to`qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O`zbekistonning muhim 
ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yo`nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar 
singari I.Karimovning qat‘iy say-harakatlari bilan to`la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi 
davlatlar esa uzoqni ko`zlamay, faqat joriy yilga mo`ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng 
kam jahon sarmoyasi bahosiga o`tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta‘sir 
ko`rsatishi mumkin. 
O`zbekiston o`zining qo`shimcha tarzda gaz, neft, ko`mir va uran zahiralariga ega bo`lib, 
ularni sof holda eksport qilish bo`yicha jahonning o`nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning 


47 
umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini 
qondirish uchun yetadi. Buning o`ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega 
ekanligidan dalolat beradi. 
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi 
rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin 
ham uzoqni ko`zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi 

Document Outline

  • O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
  • 4-MAVZU. O`ZBEKISTON TANLAGAN MUSTAQIL RIVOJLANISH YO`LI VA

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə