O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Davlat gerbi 
davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri 
hisoblanadi. «Gerb» so`zi nemischa «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga 
davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. 
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho`zilgan sarhadlarda hukm surgan 
qadimgi turk hoqoni O`g`izxon davrida ham turkcha «tamg`a» so`zi aynan shu ma‘noni bildirar 
edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida 
shahodat berishicha, O`g`izxon o`z mol-mulkini o`g`illariga ulus sifatida kichik davlatlarga 


32 
bo`lib berib, in‘om etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham o`zlarining xonlik tamg`alariga ega 
edi. Ko`rinib turibdiki, «tamg`a» so`zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo» so`zining 
ma‘nosiga to`la mos keladi. 
Gerb – qaysi davlatga tegishli bo`lsa, o`sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi 
ramziy ahamiyatga ega bo`lgan tasvirlar va narsalar yig`indisi. ―
O`zbekiston Respublikasining 
Davlat gerbi to`g„risida”gi qonun 1992 yil 2 iyul
da O`zbekiston Respublikasining Oliy 
Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 aprelda, 2004 yil 3 
dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga muvofiq qo`shimchalar kiritilgan. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xo`jalik, 
jug`rofiy, etnik va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an‘analarini 
mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi 
tamoyillari o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi 
qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining 
ramzidir. 
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va 
so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan 
iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning 
yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning 
ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – 
qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat 
bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib qo`yilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar – 
kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, 
g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; 
lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; 
sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq 
rangda tasvirlangan. Qonunda O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladigan 
obyektlar batafsil sanab ko`rsatilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O`zbekiston Respublikasiga 
tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o`quv-tarbiya jarayonida, shuningdek
O`zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanish mumkin. Shuni 
yodda tutish lozimki, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat 
tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab 
chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o`tkazish uchun 
tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari 
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o`xshash bo`lishi mumkin emas. O`zbekiston 
Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda turgan boshqa shaxslar O`zbekiston 
Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O`zbekiston Respublikasining Davlat 
gerbi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar 
bo`ladi. Shu tariqa, O`zbekistonning davlat gerbi ham davlat mustaqilligining ramzi bo`lib, 
respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda ko`rsatilgan obyektlarga tushiriladi. 
O`zbekistonning Konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog`i, Davlat gerbi 
bilan bir qatorda 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə