O’zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 2,66 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#139317
O’zbekistonning eng yangi tarixi Kamolova Shohista

O’zbekistonning eng yangi tarixi

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining faoliyati

Reja:

  • 1.Ommaviy axborot vositalarini faoliyatini isloh qilish
  • 2. Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonunlar.
  • 3. Axborot kurashi-manfatlar kurashi
  • Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ma’ruzasi, xususan, «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.
  • Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» — deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.
  • Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu «Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt», O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.
  • Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi: — «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007-yil 15-yanvar’); — «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’); — «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’); — «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002-yil 12-dekabr); — «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996-yil 30-avgust); — «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006-yil 20-iyul’); — «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998-yil 25-dekabr); — «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil 7-may); — «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999-yil 20-avgust).
  • O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.
  • Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.
  • Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi umumiy soni 1366tani (2013-yil 01.07. holatiga) tashkil etadi. E’tiborlisi shundan iboratki, 1991-yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aiytganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAV’ning 60 foizini tashkil etadi.
  • Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7ta tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.
  • Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.
  • Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalarda o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011-yil noyabr oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə