«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

 
 
18.5. UYUMLARNI RAZVEDKA QILINGANLIK
DARAJASI VA REJIMIGA KO’RA NEFT ZAXIRALARINI 
HISOBLASH METODLARINI TANLASH 
 
Turli geologik sharoitlar neft va gaz zaxiralarini hisoblashda u yoki bu 
metodlarni yanada muvaffaqiyatli qo’llash imkonini oldindan belgilab beradi. Odatda 
platformalarda joylashgan uyumlardagi zaxiralar faqat hajmiy metod yordamida, 
geosinklinallarda joylashganlari esa hajmiy va statistik metodlar yordamida 
hisoblanadi. 
Zaxiralarni rasmiy hisoblashlarda moddiy balans metodi deyarli qo’llanilmaydi. 
MDHdagi konlarning ko’pchiligida qatlamga ta’sir etish metodi qo’llanilishi 
munosabati bilan hajm metodidan keng foydalaniladi, bu o’z navbatida statistik 
metodlardan foydalanishni cheklaydi. 


416 
Zaxiralarni hisoblash metodlarini tanlashda uyumni ishlatish rejimi va uning 
razvedka qilinganlik darajasi eng muhim omillarga kiradi. Uyumning ishlatish 
rejimiga ko’ra quyidagilarni inobatga olish zarur: 
1) samarali suv bosimli rejimda faqat hajmiy metod qo’llanilishi mumkin; 
2) nosamarali suv bosimli rejimda va uni erigan gaz rejimi bilan birgalikdagi 
ta’sirida (qatlam bosimi qiymati neftni gaz bilan to’yinish bosimi qiymatidan past 
bo’lganda) hajmiy metoddan tashqari moddiy balans va statistik metodlarni ham 
qo’llash mumkin; 
3) gaz qalpog’i va erigan gaz rejimlarida barcha uchta metodlarni qo’llash 
mumkin; 
4) gravitatsion rejimda faqat hajmiy metodni qo’llash mumkin (yana hajmiy 
metodning hajmiy-og’irlik varianti ham qulay). 
Shunday qilib, hajmiy metod (uning variantlari bilan) har xil rejimlarda 
universal hisoblanadi. Lekin qatlamning fatsial o’zgaruvchanligi sezilarli darajada 
bo’lib, uning o’rtacha qalinligi, g’ovakliligi va boshqa parametrlarining qiymatini 
aniqlash murakkab bo’lganda hajmiy metodni qo’llash qiyin bo’ladi. Bunday 
sharoitlar ko’pincha erigan gaz rejimidagi uyumlar uchun xos; bu holda mavjud 
ma’lumotlarga asoslanib statistik metoddan yoki zaxiralarni hisoblashda qatlam 
hajmi va tegishli parametrlarni bilishni talab qilmaydigan moddiy balans 
metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday holda moddiy balans metodini 
qo’llash imkoniyati, jinslarning fatsial o’zgaruvchanligi va unga bog’liq holda qatlam 
bosimining notekis taqsimlanishi hamda qatlam bo’yicha uni ishlatishning bir xil 
sharoitlarini yaratishning qiyinligi bilan chegaralanadi. Demak, faqat statistik metod, 
uning kamchiliklariga qaramay, eng samaralidir. 
Samarali suv bosimli rejimda statistik metodni yuqorida qayd etilganidek qo’llab 
bo’lmaydi, chunki qatlam bosimini muntazam pasayishidan oldingi va keyingi 
debitlar qiymatining bog’liqligi kuzatilmaydi, bog’liqlik ko’proq kundalik suyuqlik 
chiqarib olish miqdoriga bog’liq. Bu holda moddiy balans metodini ham qo’llab 
bo’lmaydi, chunki quyidagi formulada 
0
1
p
0
p
1
H
0
b
-
b
)
-
(W
-
]
)V
r
-
(r
[b
Q
Q
ω


r
p
-r
0
=0; b
1
=b
0
; Q
N
b
1
=W-

, bo’lganligi sababli neft zaxiralarini hisoblash noaniq 
echimga olib keladi.
Neft zaxiralarini hisoblash metodlari uyumlarni razvedka qilinganlik darajasiga 
(zaxiralar toifasiga) ko’ra tanlanadi. 
Zaxiralarni hajmiy metod bilan hisoblash neft uyumining razvedka qilinganligini 
har qanday bosqichida qo’llanilishi mumkin. Gaz bosimli yoki erigan gaz rejimli neft 
uyumlari uchun qo’llaniladigan statistik metod quyidagi hollarda ishlatiladi, agar: 
a) bir qancha quduqlarning kamida bir yilda ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlar 
bo’lganda; 
b) uyumlarni ishlatish sxemasi tanlangan va quduqlarni yillar davomida ishga 
tushirish sur’atlari belgilanganda; 


417 
v) uyumni ishlatish rejimi, qatlam bosimlari va suvlilik chegarasini siljish 
dinamikasi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lganda. 
Neft zaxiralarini moddiy balans metodi bilan hisoblaganda quyidagilarga ega 
bo’lish zarur: 
a) neftda gazni eruvchanligi haqidagi laboratoriya tekshiruvlari va shu 
munosabat bilan qatlam sharoitlaridagi va turli bosimlardagi neft hajmining 
o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar; 
b) turli bosimlarda uglevodorod gazlarining hajmi o’zgarishini ideal gazlar 
qonunidan farqlanishi haqidagi ma’lumotlar; 
v) gazlilik va neftlilik chegaralari hamda o’rtacha gaz omili haqidagi 
ma’lumotlar; 
g) qatlamni ishlatish boshlanishidan hisoblash sanasigacha chiqarib olingan neft, 
gaz va suvlarning miqdori haqidagi ma’lumotlar (jami va oylar bo’yicha); 
d) qatlamni ishlatish rejimi va qatlam bosimini o’zgarish dinamikasi haqidagi 
ma’lumotlar hamda izobar xaritalarini tuzish uchun barcha dastlabki ma’lumotlar 
bo’lganda. 


418 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə