«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

W
i
va 
g
i
V
r
nolga aylanadi. 
(18.29) tenglamasidan ham bosimi va gaz qalpog’i yo’q kollektorlar uchun 
foydalanish mumkin: 
suv bosimi bo’lmaganda

bu holda sur’atidagi had (W-

)=0; 
gaz qalpog’i bo’lmaganda

bu holda mahrajdagi had
0
)
-
(
δ
0
0
0

V
V
V
b
p
, chunki 

=0; 
suv bosimi va gaz qalpog’i bir vaqtda bo’lmaganda

bu holda yuqorida 
ko’rsatilgan ikkala had nolga teng va formula juda oddiy ko’rinishda bo’ladi. 
Shunday qilib, chiqarilgan tenglamalar neft va gazning balans (boshlang’ich) 
zaxiralarini aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin, ulardan u yoki bu o’rtacha qatlam 
bosimini saqlash maqsadida qatlamga haydash uchun zarur suv yoki gaz miqdorini 
aniqlash uchun ham foydalanish mumkin (neftning birlamchi zaxiralarini bilgan 
holda). 
Qator olimlar (R.S.Andriasov, V.M.Dobrinin, I.D.Amelin, V.N.Maydebor va 
amerikalik olimlar) moddiy balans tenglamasini chiqarishda qo’shimcha 
parametrlardan ham foydalanadilar. Lekin qo’shimcha parametrlarni kiritish orqali 
moddiy balans formulasini oydinlashtirishga intilish bilan maqsadga erishib 


413 
bo’lmaydi, chunki kiritilayotgan yangi parametrlarni aniqlash katta qiyinchiliklarga 
olib keladi. 
Shunday formulalardan bittasida oldin ko’rsatilganlardan tashqari yana quyidagi 
parametrlardan foydalanilganligini misol tariqasida ko’rsatish mumkin: g’ovaklarni 
siqiluvchanlik koeffitsienti, bog’langan suvning siqiluvchanlik koeffitsienti, suvga 
to’yinganlik koeffitsienti, neftning siqiluvchanlik koeffitsienti. Ushbu parametrlar 
qiymatini aniq topish ancha qiyin. Demak, formulaga bu parametrlarni kiritish 
qo’shimcha xatolarga olib keladi. Shu sababli neft zaxiralarini hisoblashda (18.29) 
formuladan qo’shimcha murakkab parametrlarni kiritmasdan foydalanish mumkin. 
Chiqarilgan tenglamalardan ayniqsa chekka suvlari siljimaydigan qatlamlar 
uchun neft zaxiralarini hisoblashda foydalanish qulay hisoblanadi. Suvlarning siljishi 
kuzatilsa, qatlamga kirgan suv mikdorini (W) aniqlash zarur. 
Qatlamga kirib kelayotgan suv hajmini aniqlashning turli metodlari mavjud. 
Ularning eng oddiysi, neftlilikning boshlang’ich va hozirgi chegaralari ma’lum 
bo’lganda va hisoblash sanasiga uyumni ishlatish boshlangandan beri suvlangan 
maydon o’lchamini aniqlashga asoslangan metod hisoblanadi. 
Bu holda
W=Fhm

0,8 , 
(18.33) 
bunda F 

suv bostirilgan maydon, m
2
; h 

maydonning suvlangan qismining 
foydali o’rtacha qatlam qalinligi, m; m 

ochiq g’ovaklilik koeffitsienti; 


neftga 
to’yinganlik koeffitsienti; 0,8 

neftni chiqarib olish koeffitsienti (zamonaviy 
texnologiya bilan qazib olishda neft zaxirasining 0,2 qismi zaminda qoladi, deb 
taxmin qilinadi). 
R.Vudst va M.Masket qatlamga kirgan suv hajmini hisoblash uchun to’rtta 
tenglama tuzdilar: zaxiralar miqdori, qatlamdagi erkin gaz va neft miqdorining o’zaro 
nisbati, qatlamga kirgan suv (noma’lum qiymat sifatida) miqdori. 
Qatlamga kirgan suvlarni hisoblashda A.F.Van Everdingen va V.Xerst (1949)lar 
taklif etgan metod eng qoniqarli natijalar beradi. Lekin bu metod hajm metodi 
formulasidagi ayrim parametrlar qiymatini bilishni taqazo etadi. Masalan, neftning 
boshlang’ich balans zaxiralari va h.k.lar. 
Qatlamga kirgan suvni aniqlashda (18.33) tenglamasidan foydalanish osonroq
uni echish uchun neft zaxiralari (Q
0
) hajm metodi bilan aniqlanadi, dinamik 
parametrlar 

r, r
0
, b
1
, b
0
, b, V
p
, V
0
lar esa tuzilgan izobara xaritalari yordamida 
hisoblangan o’rtacha qatlam bosimi bo’yicha aniqlanadi. W
i
va g
i
V
r
parametrlari shu 
holda nolga tenglashtiriladi. Qatlamga kirgan suv miqdorini yanada aniqroq 
hisoblash uchun bunday hisoblashlarni ko’p marotaba qaytarish lozim. 
Shuni ta’kidlash lozimki, uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida moddiy 
balans metodidan foydalanish yaramaydi, chunki hamma parametrlar shu sababli 
qatlam ozmi-ko’pmi etarli darajada depressiya hosil bo’lgandan (biror bir miqdorda 
neft yoki gaz qazib chiqarilgandan) so’nggina parametrlarning o’zgarish 
dinamikasini o’rganish uchun kuzatuv ishlari olib borish mumkin. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə