«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


Asoratlarni bartaraf etish



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Asoratlarni bartaraf etish.
 
Quduqlarni burg’ilash chog’ida turli ko’rinishdagi 
murakkabliklar yuzaga keladi. Ulardan eng ko’p tarqalganlari: yuvuvchi 
suyuqlikning yutilishi, neft―, gaz― yoki suv namoyonlanishi, quduq devoridagi 
jinslarning o’pirilishi, quduqda burg’ilash uskunalarining qisilib qolishi va ularni 
tortib olish va sh.k. YUvuvchi suyuqlikning yutilishi ko’pincha kovakli, darzli yoki 
yirik g’ovakli jinslarda qatlam bosimi quduqdagi yuvuvchi suyuqlik ustuni 


46 
bosimidan kam bo’lganda sodir bo’ladi. YUtilish tezligi ham turlicha ― kuchsiz 
yutilishdan (qatlam bosimi past, yirik zarrali yoki ingichka darzli jinslarda) falokatli 
yutilishgacha (yirik kovaklar va keng darzliklar ochilganda) bo’lishi mumkin, bunda
yuvuvchi suyuqlikning aylanishi butkul to’xtashi mumkin. 
YUvuvchi suyuqlik yutilishining oldini olish uchun konchi-geolog geologik-
texnik naryadda oldindan bunday hodisa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan intervalni 
belgilashi lozim. Bunday zonaning ochilishiga 50-100 m qolganda suv beraolishi 
juda kam va zichligi past bo’lgan eritma bilan quduqni burg’ilash davom ettiriladi. 
Agar gil eritmasi jadal yutila boshlasa (150-200 m
3
/soatdan ko’p), u holda quduqqa 
ohak-gilli, sement-gilli yoki silikat-gilli eritma haydalib, quduq tubida burg’ilash 
eritmasining jinsga shimilishiga halaqit beruvchi qovushqoq tiqin hosil qilinadi. 
Agarda bunday tadbirlar yordam bermasa, u holda quduq tubi sementlanadi. 
SHimilish shiddatini pasaytirish uchun gil eritmasiga inert to’ldiruvchilar: tsellofan, 
tangachasimon slyudalar, qirindi, asbest va boshqalar qo’shiladi. SHimilish shiddati 
pasaygandan so’ng, u tamponlovchi eritmalar (yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan 
gips, gelsement va b.) yordamida tugatiladi. 
Ayrim hollarda ko’rilgan tadbirlar samara bermasa gil eritmasi yutilayotgan 
zonani bekitish uchun quduqqa interval mustahkamlash quvurlari birikmasi 
tushiriladi. 
Yuvuvchi suyuqlikka ko’p miqdorda neft va gaz qo’shilishi natijasida uning 
zichligi kamayadi va gil eritmasi ustunining quduq tubiga nisbatan bosimi pasayadi, 
natijada quduqda otqin va ochiq favvoralanish yuzaga kelishi mumkin. Bunday 
hodisaning oldini olish uchun burg’ilash chuqurligi neft-gaz namoyonlanadigan 
intervallarga yaqinlashganda zichligi yuqori bo’lgan yuvuvchi suyuqliklardan 
foydalaniladi, quduq tubidagi bosim qatlam bosimidan oshiriladi. Bundan tashqari gil 
eritmasi qovushqoqligi past bo’lishi lozim. Burg’ilanayotgan quduq og’zi maxsus 
otqinga qarshi armatura-preventer bilan jihozlanadi. 
Agar oddiy gil eritmasi bilan (zichligi 1,3 g/sm
3
) quduq tubida kerakli bosimni 
vujudga keltirib bo’lmasa, unda og’irlashtirilgan yuvuvchi suyuqlikka o’tiladi. Gil 
eritmasi zichligi unga kukunsimon minerallar yoki yuqori zichlikka ega bo’lgan 
moddalar (barit, gematit, oltingugurt kolchedani, magnetit qumi, pirit qoldig’i, 
domna pechi changi va b.) qo’shib oshiriladi. 
Og’irlashtirilgan yuvuvchi suyuqlik tayyorlash uchun kimyoviy ishlov berilgan, 
suv beruvchanligi va qovushqoqligi past gil eritmalaridan foydalaniladi. 
Og’irlashtirilgan gil eritmasining zichligi 1,6-1,7 g/sm
3
bo’lsa, kimyoviy ishlov 
berilganlariniki 2,2 g/sm
3
ga etadi. 
Yuqori zichlikdagi yuvuvchi suyuqlik ishlatilgan quduqlarda kon-geofizik 
tadqiqotlar o’tkazish qiyin kechadi, shu sababli ulardan zarur hollardagina 
foydalanish maqsadga muvofiq. 
Agar yuqori bosimli suvli qatlam ochilishidan oldin suv namoyonlansa, u vaqtda 
burg’ilash eritmasining qovushqoqligi va zichligi oshiriladi, quduq og’zining 
germetikligini ta’minlash uchun preventer o’rnatiladi. 


47 
Ko’pincha burg’ilash jarayonini quduqda sodir bo’ladigan o’pirilishlar va 
to’kilmalar murakkablashtiradi. Quduq devoridagi gil va slanetslar o’pirilib, suvda 
bo’kadi, hajmi kattalashadi, bir-biriga yopishib, doloto ustida halqa va quduq ichida 
tiqin hosil qilishi mumkin, natijada burg’ilash uskunasining qisilib qolishi, ayrim 
vaqtlarda uzilib ketish hollari kuzatiladi. O’pirilishlarning oldini olish maqsadida suv 
beraolishligi past, zichligi nisbatan yuqori bo’lgan burg’ilash eritmasidan 
foydalaniladi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə