Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə10/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#133575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-kurs amaliyot 14.04.2017

Satx o’lchash vositalari
Gidrostatik satx o’lchagichlar yordamida satx o’lchash suyuqlik ustuni xosil qilgan gidrostatik bosimni o’lchashga olib keladi. Gidrostatik bosimni o’lchashni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
- satxning quyi chegarasiga mos balandlikda o’rnatilgan manometr bilan;
- rezervuar satxining quyi chegarasi va suyuqlik ustidagi gazli soxalarga mos keluvchi balandliklarni bog’lab turuvchi differensial manometr bilan;
- fiksatsiyalangan qiymatgacha to’ldirilgan rezervuarning ichiga tushirilgan naychaga xaydalgan gaz (masalan, xavo) ning bosimini o’lchash orqali.
9-rasmda manometr bilan satx o’lchash sxemasi keltirilgan. Bu maqsadda qo’llaniladigan manometr 1 o’lchash chegarasiga mos keluvchi ixtiyoriy tipdagi manometr bo’lishi mumkin.
Radioto’lqinli satx o’lchagichlar(10-rasm) deb elektromagnit to’lqinlarining tebranish parametrlarini suyuqlik balandligiga bog’liqligiga asoslanib ishlaydigan satx o’lchagichlarga aytiladi.

Harorat o’lchash vositalari
Termopara – bu ikkita turli jinsli o’tkazgichlar – elektrodlarning bog’lanishi. Termoparadan amalda foydalanish uchun uning elektrodlari izolyatsiyalangan va ximoya qutilariga joylashtirilgan bo’lishi kerak.
Bunday konstruksiya termoelektrik o’zgartirgich deb ataladi. Ta’rifga ko’ra “termoelektrik o’zgartirgich”(TEO’) – bu termoparaning termoelektr yurituvchi kuchini xaroratga bog'liqligiga asoslanib ishlaydigan termoo’zgartirgich.
Termopara xarorat o’lchash vositasi – termoelektrik o’zgartirgich (TEO’) ning asosiy elementi xisoblanadi.
Manometrik termometrlar. Manometrik termometrlarning ishlash prinsipi yopiq xajmdagi gaz, suyuqlik va to’yingan bug’lar bosimining xaroratga bog’liq ravishda o’zgarishiga asoslanadi. Ushbu termometrlar portlash xavfi mavjud bo’lgan ishlab chiqarishlarda keng qo’llaniladi va «Orleks» (Orel sh.), «ManoTom» OAJ (Tomsk sh.), Wika, Jumo (Germaniya) kabi firmalar tomonidan ishlab chiqariladi. Konstruktiv jixatdan termometr nazorat qilinayotgan muxitga botiriladigan termoballon 1, bosimni o’lchovchi manometr 3 va termoballon bilan manometrni bog’lab turuvchi kapillyar 2 dan tashkil topadi (11-rasm). Bunday termometrlar -200 dan 600 °C gacha bo’lgan xaroratlarni o’lchash uchun ishlatiladi.
Gazli manometrik termometrlar -200 dan 600 °C gacha intervaldagi xaroratlarni o’lchash uchun qo’llaniladi. Quyi o’lchash chegarasi -200 dan 200°C gacha bo’lgan intervaldan, yuqori chegarasi esa 50 dan 600°C gacha bo’lgan intervaldan tanlanadi. To’ldiruvchi sifatida geliy (past xaroratlarda), azot (o’rta xaroratlarda) yoki argon (yuqori xaroratlarda) ishlatiladi.


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə