P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə550/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551
2 5463028049224140945

«6

  yoshli 

iqtidorli  bolalami  maktab  ta ’limini  egallashdagi  psixologik  imkoniyatlari», 

ularda  bilish jarayonlarini  shakllanishi  xususiyatlari,  talabalarni  pedagogik 

faoliyatga  psixologik  tayyorlash,  pedagogik  amaliyot  bo'yicha  talabalarga 

metodik amaliy yordam,  «Insonlarda o'z-o'ziga  munosabatni  tarkib topti- 

rish»,  «Psixologiyadan  kurs  ishlarini  yozishga  doir  uslubiy  ko'rsatmalar», 

«Yosh  va  pedagogik  psixologiyadan  laboratoriya  mashg'ulotlari  va  amali­

yotda  talabalarga  uslubiy  yordam»,  «Umumiy  psixologiyadan  asosiy  tu- 

shunchalaming tematik izohli lug'ati va o'quv-uslubiy ishlanmalar», «Bolalar 

psixologiyasining muammolari»,  «Pedagogik psixologiya»,  «Amaliy psixolog 

va uning vazifalari» kabi o'quv qo'llanmalarini chop ettirdi.  U  100 ga yaqin 

ilmiy,  uslubiy  maqolalar  muallifidir.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin O'zbekistonda psixologiya 

fanining rivojida  keskin  burilish  yuz berdi.  Hozirgi  kunda  ko'plab  fan  nom- 

zodlari  bilan  birga fan  doktorlari,  professorlar faollik  ko'rsata  boshladilar.




Jumladan,  G ‘.  Shoumarov  (1990-yilda  fan  doktori,  1993-yili  profes­

sor)  dififerensial  psixologiya,  ijtimoiy psixologiya,  etnopsixologiya,  oila psi­

xologiyasi,  shaxs  psixologiyasi,  psixodiagnostika, o ‘zbek oilasining ijtimoiiy 

psixologik,  etnopsixologik xususiyatlari  masalasini o‘rganishga  katta e’tibor 

berdi.  Respublikada  psixologik  xizmat  ko‘rsatishni  tashkil  qilish,  yosh  va 

pedagogik  psixologiya,  boshqaruv  psixologiyasini  yoritishga  oid  darsliklar, 

o ‘quv  q o'llanm alari,  ilmiy-amaliy  maqolalar  yaratdi.  Jum ladan: 

«Возможности  применения  адаптированного  варианта  методики 

Векслера  для  диагностики  задержки  психического  развития»  (Сб. 

Научных  трудов  Н И И   Психиотрии  М3.  РСФСР.  М.,  1978),  «О 

проблемах совершествования психологической диагностики в школе» 

(В  кн.:  Психологическая  служба  в  школе.  Tallin,  1983),  «Влияние 

психологических особенности узбекской семи на воспитание молодежи” 

1986, “Muhabbat va oila» (Т.,  Ibn Sino,  1994), «Реализация Национальной 

программе  по  подготовке  кадров  в  Узбекистане»,  «Sito»,  (Tokio,  1998), 

«Oila psixologiyasi». Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun 

o'quv  qo'llanma.  (Toshkent,  Sharq.  2000),  «1001  savolga  psixologning  1001 

javobi»  (Т.,  Mehnat.  2000) va  boshqalar.

U  20 ga  yaqin  fan  nomzodi  va  bir necha  fan  doktorlari  tayyorladi.

E.  G'oziyev  (1992-yilda  psixologiya  fanlari  doktori,  1994-yilda  profes­

sor), ta’lim jarayonida o'quvchilar tafakkurining o'sishi, o'quvchilami umum­

lashtirish  usullariga  o'rgatish  va  ulaming  aqliy  taraqqiyoti,  o'quv  faoliyatini 

boshqarish,  tafakkur,  xotira,  shaxs,  psixologiyasi  masalalari,  bilish  nazariya- 

sining psixologik muammolari, komil insonni tarbiyalashning psixologik asoslari 

kabi  masalalarni  yoritishga e’tibor berdi.  Uning  «O'quvchilar o'quv  faoliya­

tini boshqarish»  (1988),  «Oila etikasi va psixologiyasi»  (1992),  «Psixologiya» 

(1999),  «Tafakkur»,  «Xotira»,  «Shaxs»,  «Umumiy  psixologiya»  (psixologiya 

mutaxassisligi uchun darslik.  I  — II  kitob. Т.,  2002),  «Faoliyat va xulq-atvor 

motivatsiyasi»  (2003),  «Psixologiyada  mukammal  lug'at  tuzish  xususiyat­

lari»  (2005)  nomli  qo'llanmalari  ko'p  sonli  talabalaming  asosiy  o'quv 

qo'llanmasi  bo'lib xizmat  qilmoqda.

R.Z.Gaynutdinov  (1992-yilda  psixologiya  fanlari  doktori,  1997-yildan 

professor)  «Психология управления  в органах внутренних дел»  (o'quv 

qo'llanma, 2001), «Психологические особенности несовершеннолетних 

и  их  учет  при  допросе»  (Т.,  2000),  «Самосознание  и  саморегуляции 

учителя»  (o'quv  metodik  qo'llanma,  1991),  «Учителью  о  психологии 

воспитания»  (1994)  kabi  ko'plab  dolzarb  muammolariga  bag'ishlangan 

ilmiy,  uslubiy  maqolalar chop  ettirdi.

Shuningdek,  psixologiya  fanlari  doktori  (1992),  professor  (1996) 

A.Tokareva ilmiy-pedagogik faoliyati davomida shaxsni axloqiy rivojlanishi




masalalari,  turli  xil  yosh  davrlarda  shaxs  axloqiy  qobiliyatlarining  shaklla­

nishi asoslari,  komandalik taktiga  mutaxassislami tayyorlash jarayonini op- 

timallashtirishning  psixologik-pedagogik  tomonlariga  bag'ishlangan  ilmiy 

tadqiqot  ishlarini  olib  bordi  va  bu  sohada  ko'pgina  ilmiy  maqola  va 

qo'llanmalar  nashr qilindi.

O'zbek xalqining xotin-qizlari  ichida birinchi  marta psixologiya  fanlari 

doktori  (1994)  ilmiy  darajasini  olgan  farg'onalik  ayol  V.  Karimova  ham 

O'zbekistonda psixologiya fanining ravnaqiga katta hissa qo'shmoqda. Uning 

ilmiy-tadqiqot yo'nalishida etnopsixologik g'oyalar katta o'rin oldi.  U o'zbek 

xalqining milliy ana’analari, qadriyatlari, rasm-rusumlari psixologiyasi, o'zbek 

ayolining ijtimoiy mavqeini  oshirish,  ulami  keng xalq  ommasiga  singdirish 

bo'yicha  ilmiy  ishlarni  amalga  oshirmoqda.  Uning  yangi  o'quv  dasturlari, 

darsliklari,  o'quv qo'llanmalami qayta ko'rib chiqish va milliy istiqlol  maf­

kurasi konsepsiyasini ishlab chiqishdagi, oila va mahalla tizimidagi g'oyalami 

xalq  ongiga  singdirish  haqidagi  izlanishlari  maqsadga  muvofiqdir.

Olimaning «O'zbek ayoli shaxsining shakllanishi» (1986), «Ijtimoiy psi­

xologiya va  ijtimoiy  amaliyot»  (1999),  «Tashkiliy  xulq»  (1999),  «Mustaqil 

fikrlash» (2000), «Psixologiya» (2000),  «Salomatlik psixologiyasi» kabi o'quv 

qo'llanmalaridan  pedagogika  oliygohlarining  o'qituvchi  va  talabalari  keng 

foydalanmoqdalar.

Iste’dodli  psixolog  B.R.  Qodirov  (psixologiya  fanlari  doktori,  profes­

sor)  o'zining ijodiy faoliyatini  iqtidorli yoshlarni o'rganishga bag'ishladi.  U 

differensial  psixologiya  sohasida  yoshlaming  individual  xususiyatlarini 

o'igandi.  Yoshlarda  ijtimoiy qiymatga ega bo'lgan  o'quvchilaming faoliyat 

yo'nalishlari,  layoqat  va  birlamchi  qobiliyatlarining  miya  mexanizmlari 

o'rganildi.  Yoshlarni  u  yoki  bu  ijtimoiy  faoliyat  yo'nalishlarini  tanlashlari 

elektroensefalografik  usullar  bilan  neyrofiziologik  jihatlari  tadqiq  qilindi. 

Olingan  ma’lumotlar miya faoliyatida  kasb  tanlash,  kasbga  moyillik va  la­

yoqat  turlarini  ta’minlab  turadigan  muqobil  neyrofiziologik  xislatlar  bor­

ligini  isbot  etdi.  Zehn  testlari  majmuasi  shakllantirildi.

Z.  Qodirova  (2001-yilda  fan  doktori)  yoshlaming  ijtimoiy  faolligini, 

ulami ijtimoiy muhitga moslashuvini tezlashtiruvchi omillar va ulami daraja 

tuzilmasini  aniqlash,  faollikning rolini talqin  qilish,  ya’ni jamiyat  yaratish- 

da  yoshlaming  ijtimoiylashuvi  jarayonidagi  faollik,  shaxs  ichki  dunyosi 

muammolarining ijtimoiiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilish masalalari bo'yicha 

faollik  ko'rsatmoqda.

Yuqoridagi  fikriardan shunday xulosa qilish  mumkinki,  ya’ni  psixologiya 

fani  O'zbekistonda  XX  asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  turli  jabhalarda 

rivojlandi.  Psixologiyaning  turli  sohalari  bo'yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib 

borildi.  O'zbekiston  Respublikasi  psixologlar assotsiatsiyasi  tashkil  topdi.

Hali  psixologiya  fanining  turli  sohalarida  yoritilmagan,  yetarli  ilmiy 

jihatdan  o'rganilmagan  muampiolar juda  ko'p.  Ularni  o'rganish  respub­

likamiz  psixologlarining  asosiy vazifalaridir.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə