Палеолит даври



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə27/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#146169
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Ïàëåîëèò äàâðè

SHimoliy Parfiya Janubiy Turkmaniston hududidagi antik davri yirik davlatlaridan biri. Salovkiylar davlatidan mustaqil bo‘lib, (mil. av. 250) olgandan so‘ng, ko‘chmanchi parn yoki dal qabilalari tomonidan bosib olinadi va Arshakiylar sulolasiga asos soladi. Mil. av. II asrlarda Parfiya chegaralarini nihoyatda kengaytiradi va yirik imperiyalardan biriga aylanadi. III asrning birinchi choragida Eronda vujudga kelgan Sosoniylar tomonidan bosib olinadi.Parfiya davlati tarkibiga juda katta hudud kirsada, Janubiy Turkmaniston hududi doirasida antik davri tarixiy- madaniy jarayonlarini o‘rganamiz. Bu erdagi manzilgohlarning bir necha alohida shakllari ajralib turadi. Ulardan eng yiriklari YAngi Niso, Eski Niso, Ko‘yne qal’a, Mansurtepa va boshqalar. YAngi Niso (may. 22 ga) uch qismdan iborat qadimgi shahar xarobasi. Manzilgoh sitadelidan ma’muriy-boshqaruv apparatiga tegishli imoratlar va vino saqlanadigan omborxona aniqlangan. Jamiyatning turli qatlamlariga oid uy-joy imoratlari aniqlangan. SHahar tarofi qismi ham alohida mudofaa devorlariga ega. YAngi Niso (Mitridatokert) Parfiya podsholarining Qo‘riqxona qo‘rg‘oni vazifasini bajargan. Manzilgohda ibodatxona va saroy kompleksi, xo‘jalik va yashash xonalari aniqlangan. Xona devorlari boy mazmundagi sur’atlar bilan bezatilgan. Unga yaqin bo‘lgan Mansurtepa yodgorligi ham ibodatxona shaklida bo‘lgan.
Bu erda o‘rganilgan moddiy topilmalar Parfiyaning o‘ziga xos me’morchilik an’anasiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu erdan shuningdek arxiv hujjatlari, turli tasvirlar bilan fil suyagidan ishlangan ritonlar, marmar va loydan yasalgan haykallar, bronza va kumushdan yasalgan buyumlar topib o‘rganilganki, ular turli madaniyatlar namunalarini o‘zida namoyon qiladi. Bu Ellin madaniyatining mahalliy madaniyatga ta’siri va natijada o‘ziga xos madaniyat shakllanishi bilan bog‘liq. SHuningdek ko‘chmanchilar madaniyati an’analari ham Parfiya madaniyatida o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Parfiyaning qishloq tipidagi muhofazalangan va muhofazalanmagan manzilgohlari ham arxeologik jihatdan o‘rganilgan. Bu turdagi yodgorliklar va ulardagi moddiy topilmalar qishloq-xo‘jaligi to‘g‘risidagi chuqurroq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Marg‘iyona Janubiy Turkmaniston hududida Murg‘ob vohasi muhim o‘rin tutadi. Qadimgi yozma manbalarda Margush nomi bilan tilga olingan ushbu voha kishilar tomonidan bronza davridayoq o‘zlashtirilib, antik davrda yirik tarixiy viloyat shakllanadi. Vohaning atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan, vohaning ma’muriy markazi Gyaurqal’a shahar harobasi bo‘lgan. shahar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, maydoni taxminan 90 ga tashkil etgan. Sitadeli Erkqal’a o‘rnida bo‘lgan. SHaharda to‘rtta darboza bo‘lib bir-biri bilan kesishgan ikkita asosiy ko‘cha bo‘lgan. bu erdan uy-joy imoratlari, kulollar-temirchilar uy-joylari va ustaxonalari aniqlangan. SHahar mil. av. IV asrning ikkinchi yarmida shakllanib, rivojlangan O‘rta asrlargacha yashashni davom ettirgan. Yirik shahar markazlaridan Ko‘xna Kishmana ham yaxshi o‘rganilgan. U ahamiyatiga ko‘ra vohada Marvdan keyingi yirik shahar harobasi hisoblanadi. SHuningdek vohada Jintepa, Takirjatepa, Durlali va Devqal’a kabi turli shakldagi manzilgohlar ham arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Umuman Marg‘iyona antik davri yodgorliklaridan boy moddiy topilmalar: sopol buyumlar, haykalchalar, hususan asl ma’buda haykalchalari o‘rganilgan.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə