Parrandalar anatomiyasi. Reja



Yüklə 39,37 Kb.
səhifə9/13
tarix27.12.2023
ölçüsü39,37 Kb.
#162089
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
PARRANDALAR ANATOMIYASI-Yuldoshev Diyorbek

Qizilo’ngach - oesophagus ning devori yupqa, shilliq pardasi ko’p qavatli epiteliy biln qoplangan bo’lib, uzunasiga joylashgan burmalari bor. Tovuqlar muskuli 3 qavatdan: tashqi – uzunasiga ichki va oraliq aylana qavatlardan tuzilgan. O’rdak, g’ozlarda tashqi uzunasiga joylashgan qavat bo’lmaydi. Qizilo’ngach ko’krakka kirishdan oldin jigpildon - ingluvies ni hosil qiladi. U donxo’r parrandalarda juda yaxshi rivojlangan, o’rdak va g’ozlarda haqiqiy jigpildon bo’lmasdan, urchuqsimon kengayish hosil qilgan. Jigpildonning shilliq pardasida bezlar ko’p bo’lib, ular ajratgan suyuqlik yordamida ovqat shishib, tez eziladi. Qizilo’ngach qorin qismining shilliq pardasida limfatik follikullar to’planib, qizilo’ngach bodomi - tonsilla aesophagea ni hosil qiladi va shu erda shilliq bezlari ham bo’ladi.

  • Qizilo’ngach - oesophagus ning devori yupqa, shilliq pardasi ko’p qavatli epiteliy biln qoplangan bo’lib, uzunasiga joylashgan burmalari bor. Tovuqlar muskuli 3 qavatdan: tashqi – uzunasiga ichki va oraliq aylana qavatlardan tuzilgan. O’rdak, g’ozlarda tashqi uzunasiga joylashgan qavat bo’lmaydi. Qizilo’ngach ko’krakka kirishdan oldin jigpildon - ingluvies ni hosil qiladi. U donxo’r parrandalarda juda yaxshi rivojlangan, o’rdak va g’ozlarda haqiqiy jigpildon bo’lmasdan, urchuqsimon kengayish hosil qilgan. Jigpildonning shilliq pardasida bezlar ko’p bo’lib, ular ajratgan suyuqlik yordamida ovqat shishib, tez eziladi. Qizilo’ngach qorin qismining shilliq pardasida limfatik follikullar to’planib, qizilo’ngach bodomi - tonsilla aesophagea ni hosil qiladi va shu erda shilliq bezlari ham bo’ladi.

Parrandalarning nafas olish organlari sut emizuvchilarnikidan quyidagilar bilan farq qilad: 1) burun bo’shligi kichik va tor; 2) tovuq hiqildogpi; 3) kichik o’pkasi va unda qo’shimcha havo xaltachalari bo’ladi.

  • Parrandalarning nafas olish organlari sut emizuvchilarnikidan quyidagilar bilan farq qilad: 1) burun bo’shligi kichik va tor; 2) tovuq hiqildogpi; 3) kichik o’pkasi va unda qo’shimcha havo xaltachalari bo’ladi.
  • Burun bo’shligi - cavum nasi burun to’sig’i - septum nasi bilan o’ng va chap qismga bo’lingan. Tovuqlarda teshik atrofi cho’tkasimon pat bilan qoplangan bo’lib, kirishda burun klapani bor, atrofi mumsimon modda bilan qoplangan. O’rdak va g’ozlarda burun teshigi burun to’sig’ining oldirog’ida joylashgan. Burun bo’shligining har bir bo’limida uchtadan burun chig’anog’i bo’ladi. panjarasimon suyak labirintlari bo’lmaydi. Hid bilish apparati kuchsiz rivojlangan. peshana suyagining medial yuzasida ko’z burchagiga yaqin joyda burun bezining paketi - gl. Nasalis bo’lib, uning yo’li burun bo’shligiga ochiladi. O’rdak va g’ozlarning burun teshigi ochiq bo’ladi.

Hiqildoq - larynx ustki va pastki bo’ladi. Ustki hiqildoq - larynx syperior yoriqsimon teshik shaklida bo’lib, tomoq tagida joylashgan, shilliq qavati tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan, ovoz apparati yo’q. Hiqildoq cho’michsimon va xalqasimon tog’aylardan tuzilgan, hiqildoq usti va qalqonsimon tog’ayi yo’q. Xalqasimon tog’ayi bir nechta plastinkadan iborat bo’lib, oldinroq suyaklashadi.

Yüklə 39,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə