20
105-masala
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar iste’moli 800 ga, import tovarlari va
xizmatlari iste’moli esa 200 ga, mamlakat tovarlari va xizmatlariga investitsiya xarajatlari
150 ga, importga investitsiya xarajatlari 504 ga, tovarlar va xizmatlar xaridi uchun davlat
xarajatlari 250 ga, umumiy eksport summasi 500 ga, byudjetga soliq tushumlari 500 ga
teng. Bu mamlakat tо‘lov balansi joriy operatsiyalar scheti qoldig‘ini hisoblab toping.
106-masala
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
- kapital harakati va moliyaviy instrumentlar schyoti qoldig‘i 30 ga teng;
- davlat byudjeti qoldig‘i 20 ga teng;
- byudjetga soliq tushumlari 40 ga teng;
- iste’mol xarajatlari- 250 ga teng;
- YAIM 250 ga teng.
Tashqi dunyo, davlat va xususiy jamg‘armalar yig‘indisi kо‘rinishidagi
milliy
jamg‘armalar hajmini aniqlang.
107-masala
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
Rasmiy zahiralarning о‘zgarishi
+10
Tovar
eksporti
+40
Tovar
importi
-30
Investitsiyalardan
sof daromad
-30
Sof joriy transfertlar
+10
Xizmatlar eksporti
+15
Xizmatlar importi
-10
Kapital kirishi
+10
Kapitalni chiqib
ketishi
-40
a) savdo balansi qoldig‘i miqdorini aniqlang;
b) joriy operatsiyalar balansi qoldig‘ini aniqlang;
v) kapital harakati va moliyaviy instrumentlar schyoti qoldig‘ini aniqlang;
g) tо‘lov balansining umumiy qoldig‘i miqdorini aniqlang.
108-masala
Iqtisodiyot quyidagi kо‘rsatkichlar vositasida tasvirlangan: C=40+0,7 (Y- T).
I= 150 – 800 R. Iste’mol xarajatlari 350, real foiz stavkasi R 8% ga, Davlat sektori
jamg‘armalari 10 ga teng. Ushbu mamlakat tо‘lov balansining joriy operatsiyalar scheti
qoldig‘ini hisoblab toping.
109-masala
Ochiq iqtisodiyotda sof investitsiyalar hajmi – 1750 mln. sо‘m, uy xо‘jaliklari
jamg‘armalari – 1625 mln. sо‘m, davlat byudjeti qoldig‘i – 425 mln. sо‘m.
Ushbu
ma’lumotlar asosida tovar va xizmatlarning sof eksportini aniqlang.
21
110-masala
Nemis
markasiga nisbatan
dollar
kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir
xil
tovar AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar
dollar kursi sun’iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qо‘shimcha daromad oladi
(AQShmi, yoki Germaniyami). Qо‘shimcha daromad qiymatini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: