22
115-masala
Aytaylik AQShda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlar mamlakatning о‘zida 500
dollarga, Yaponiyada ishlab chiqarilayotgan kompyuterlar esa Yaponiyaning о‘zida
20000 iyenaga teng bо‘lsin. Valyuta ayirboshlashning nominal kursi 1
AQSH dollari
uchun 20 yapon. iyenasi bо‘lsin. Dollarning real kursini ( ya’ni xalqaro savdoda bir dona
AQSH kompyuteriga necha dona yapon kompyuteri ekvivalent bо‘lishini) hisoblang.
116-masala
Aytaylik, nominal valyuta kursi xarid qobiliyati paritiyeti bilan belgilansin. Bunda
bir xil telivizor AQShda 500 dollarga, Xitoyda esa 2000 yuannga sotiladi. Yuannnig
dollarga nominal ayirboshlash kursini aniqlang.
117-masala.
Kichik ochiq iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:
-Milliy daromad-1000 sh.b.; -iste’mol xarajatlari-700 sh.b.;
-davlat xarajatlari-150 sh.b.; -investitsiya funksiyasi I=250-10r ;
-jahon foiz stavkasi-5 %;
Mamlakatning sof eksportini aniqlang
118-masala
Kichik ochiq iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:
-iste’mol xarajatlari-500 sh.b.; -davlat xarajatlari-75 sh.b.;
-investitsiya funksiyasi I=200-8r ; -jahon foiz stavkasi-5 %;
-sof eksport-25.sh.b.
Mamlakatning milliy daromadini aniqlang
119-masala
Suzuvchi valyuta kursi sharoitlarida kichik ochiq iqtisodiyotda LM egri
chizig‘i quyidagi tenlama bilan ifodalangan:
Y = 200r – 200 + 2(M/P)
IS egri chizig‘ining tenglamasi quyidagi kо‘rinishga ega:
Y = 400 + 3G – 2T + 3X
n
– 200r.
Sof eksport funksiyasi: X
n
= 200 – 100e, bu yerda
e – real valyuta kursi. Narxlar darajasi P = 1 belgilab olingan,
jahon real foiz stavkasi r = 2,5%. Pul taklifi M = 100 mln.doll.
Davlat byudjeti balanslangan: G =T =100.
Tovar va pul bozorlarida muvozanatga erishish uchun real valyuta kursi qanday bо‘lishi
lozim?
Dostları ilə paylaş: