99-masala A mamlakat X tovarni 60 AQSH dollarga, ya’ni jahon bozori baholarida eksport
qiladi. Bu mamlakatda X tovarga talab va uning taklifi egri chiziqlari funksiyasi
quyidagicha: Q
d
= 400- 5P; Q
s
= -50 +5 P
Bitta tovarga 10 dollarlik eksport boji kiritilishidan oldin va sо‘nggi eksport hajmini
aniqlang. Eksport boji kiritilishidan davlat oladigan daromad va iste’molchilar kо‘radigan
manfaatni aniqlang.
100-masala Mamlakat hukumati shakar importiga 1 kg. shakar uchun 0,02 dollarlik tarif
kiritishga qaror qildi. Jahon bozorida 1 kg. Shakar narhi 0,1 dollar. Shakar ishlab
chiqarishning ichki hajmi erkin savdo sharoitida yiliga 6 mln. kg.ni, tarif kiritilganidan
sо‘ng esa 8 mln. kg.ni tashkil etadi. Shakar iste’mol qilishning ichki hajmi erkin savdo
sharoitida yiliga 22 mln. kg.ni, tarif kiritilganidan sо‘ng esa 20 mln. kg.ni tashkil etadi.
Mamlakatga shakar importi tarif kiritilgunga qadar 16 mln. kg.ni, tarif kiritilganidan
sо‘ng esa 12 mln. kg.ni tashkil etadi.
Hisoblang:
a) shakar importiga tarif kiritilishi natijasida mazkur mamlakat aholisi kо‘radigan
yо‘qotishlarni;
b) mamlakat ishlab chiqaruvchilarining bu tadbirdan kо‘radigan yutuqlarini;
v) shakar importiga tarif kiritilishi natijasida davlat byudjeti daromadlarining qanchaga
kо‘payishini;
g) importni cheklash natijasida mamlakatda turmush darajasidagi sof yо‘qotishlar
miqdorini.
101-masala Hukumat avtomobil importiga bir yilda 600 birlik miqdorida kvota
belgiladi. Avtomobillarga jahon bahosi 6000 doll. Kvota joriy etilgandan sо‘ng
mamlakatdagi ichki narx 7000 doll. Erkin savdo sharoitlarida avtomobillar ishlab
chiqarishning ichki hajmi bir yilda 1200 birlikni, kvota joriy qilingandan sо‘ng esa bir
yilda 1400 birlikni tashkil etdi. Erkin savdo sharoitlarida ichki iste’mol bir yilda 2200
birlikni, kvota joriy qilingandan sо‘ng esa bir yilda 2000 birlikni tashkil etdi.
Quyidagilarni aniqlang:
19
a) kvota joriy qilinishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug‘i;
b) ushbu chora qо‘llanganda iste’molchilar yо‘qotishlari;
v) davlat byudjeti daromadlari;
g) milliy farovonlikdagi sof yо‘qotishni.